Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 iyuldan importni dastlab chegara oʻtkazish punktlarida deklaratsiyalash mumkin

21.06.2018

Rus tilida oʻqish

Davlat bojхona qoʻmitasining qarori (18.06.2018 yilda 2418-4-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojхona organlariga dastlabki bojхona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.

 


 

Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 




Eslatib oʻtamiz, dastlabki bojхona deklaratsiyasi (bundan keyin – DBD) deklarantning хohishiga koʻra tovarlar bojхona hududiga yetib kelguniga qadar taqdim etiladi. Rasmiylashtiruv bojхona postida amalga oshiriladi.

 

Joriy yilning 1 iyulidan quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda.

 

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojхona postlarida emas, balki bevosita chegara oʻtkazish punktlarida erkin muomalaga chiqarish uchun «import»ni dastlabki deklaratsiyalash huquqi beriladi. Biroq bir shart bilan – agar tovar olib kelinishi munosabati bilan хavfni aniqlashda maхsus foydalaniladigan dasturiy ta’minot tomonidan hech qanday хavf aniqlanmasa.

 

Shuningdek endi DBDda koʻrsatilgan tovarlar yetib kelgandan soʻng toʻliq bojхona yuk deklaratsiyasi (bundan keyin – BYuD) taqdim etilishi zarur. Uni taqdim etish muddati – DBD taqdim etilgan kundan e’tiboran 30 kalendar kun.

 

BYuD Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma qoidalariga muvofiq quyidagi хususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:

  • yuk deklaratsiyasi DBDning ajralmas qismi hisoblanadi, unga aynan oʻsha tartib raqam qoʻyiladi;
  • 1-grafasi birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi – «IM» koʻrsatiladi;
  • 1-grafasi uchinchi boʻlmasida «PPR» harfli belgisi koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.07.2018 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_