Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

1 iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi

24.06.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23.06.2026 yildagi "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi PF-115-son Farmon imzolandi.

 

1 iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar, shu jumladan bolalar nafaqalari va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga toʻlovlar 7 foizga oshiriladi:

• yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori 983 ming soʻm etib belgilandi;

• nogironlik pensiyasining eng kam miqdori –1,083 million soʻm;

• pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori –oyiga 504 ming soʻm.

 

Kam ta’minlangan oilalarda har oylik bolalar nafaqasi miqdori:

• 3 yoshgacha boʻlgan bola uchun – 386 ming soʻm;

• 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bola uchun – 295 ming soʻm);

• ikkinchi farzand uchun – 177 ming soʻm;

• uchinchi va undan keyingi toʻlovlar uchun – 118 ming soʻm.

 

Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam oyiga 450 ming soʻmni tashkil etadi.

 

1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi va talabalar stipendiyalari ham 7 foizga oshiriladi.

 

1 sentyabrdan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1,36 mln soʻmni tashkil etadi. Bazaviy hisoblash miqdori 412 ming soʻmdan 440 ming soʻmga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                           Lola Abduazimova