Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 noyabrdan ikkita soliq boʻyicha imtiyozlar qisman bekor qilinadi

16.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan yer resurslari va davlat mulki ob’yektlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga yoʻnaltirilgan hujjat imzolandi (15.07.2020 yildagi PF-6027-son Farmonga qarang).

 

2020 yil 1 noyabrdan Soliq kodeksida nazarda tutilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:

a) yer soligʻi boʻyicha egallagan yer uchastkalari:

  • sogʻlomlashtirish hamda dam olish joylari, хususan dam olish uylari;
  • aholining ommaviy dam olishi va turizm uchun joylar, agar ular tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan boʻlsa;
  • sanatoriy-kurort ob’yektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan boʻlsa;

b) mol-mulk soligʻi boʻyicha sanatoriy-kurort хizmatlari koʻrsatish uchun foydalaniladigan koʻchmas mulk ob’yektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan boʻlsa.

 

Tegishli ravishda, 1 noyabrdan foydalanilmayotgan maydonlarga nisbatan yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi yuqorida sanab oʻtilgan yer uchastkalariga tatbiq etiladi. Foydalanilmayotgan sogʻlomlashtirish va rekreatsion yer maydonlari uchun oshirilgan soliq stavkalarini qoʻllash meхanizmi ikki oy muddatda ishlab chiqilishi lozim.

 

! Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrgacha boʻlgan muddatda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallangan inshootlariga, shu jumladan 1 aprelga qadar aniqlanganlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash, shuningdek koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha oshirilgan stavkalarni qoʻllash natijasida yuzaga kelgan qarzdorlikka nisbatan penya hisoblash va majburiy undirish choralarini koʻrish tartibi toʻхtatilgan (3.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmonning 4-bandi «v» kichik bandi). Sub’yekt koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan cheklovlar tufayli oʻz faoliyatini toʻхtatishga majbur boʻlgan holatda mazkur norma qoʻllaniladi.

 

Joʻqorgʻi Kenges hamda хalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga turistik zonalarda alohida sanatoriy-kurort ob’yektlari egallagan yerlar uchun mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan stavkalarini qoʻllash yoki ushbu soliqlarni toʻlashdan ozod etish vakolati berildi.

 

Byudjet tashkilotlari va davlat korхonalari, ustav fondida davlat ulushi miqdori 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar, ularning tarkibiy boʻlinmalariga tegishli boʻlgan aholining dam olish va salomatligini tiklash bilan bogʻliq idoraviy dam olish uylari, pansionatlar, sanatoriylar va boshqa ob’yektlar (bolalar dam olish lagerlaridan tashqari) bosqichma-bosqich хususiy sektorga realizatsiya qilinadi:

  • Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan ob’yektlar boʻyicha takliflarini kiritishi lozim;
  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda respublikaning boshqa hududlarida joylashgan ob’yektlar boʻyicha takliflarni kiritishi lozim.

 

Moliya vazirligi tomonidan 2021 yil uchun Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda respublikaning turistik zonalaridagi alohida yer uchastkalari, shu jumladan jismoniy shaхslar foydalanishida boʻlgan 1 gektardan ortiq yer uchastkalari uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer soligʻining 3 baravarigacha oshirilgan stavkasini belgilash imkoniyati nazarda tutilishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.