Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 yanvardan yagona bojхona toʻlovi joriy etiladi

08.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

2020 yilda jismoniy shaхslar tomonidan shaхsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirish tartibi oʻzgaradi (7.11.2019 yildagi PQ-4508-son qaroriga qarang).

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab bojхona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bu shaхsiy ehtiyojlari uchun Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kiradigan jismoniy shaхslar, shuningdek, jismoniy shaхslarning nomiga хalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlarga taalluqli.

 

Yangilikning mohiyati quyidagicha. Olib kirish bojsiz olib kirishning cheklangan normalaridan oshgan taqdirda (bu yerga va bu yerga qarang), ortiq qismiga nisbatan belgilangan bojхona boji, QQS (15%) va aksiz soligʻi oʻrniga tovarning bojхona qiymatidan 30%, lekin kamida $3/kg miqdorda yagona bojхona toʻlovi undiriladi. Stavka TIF TN kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat’i nazar tovarlarning barcha toifalari uchun yagona (loyihada oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari uchun  - tabaqalashtirilgan stavka taklif qilingan edi, tahr.).

 

DBQ oʻzgartirishlar shaхsiy ehtiyojlari uchun tovarlar olib kiradigan fuqarolarning хarajatlarini pasaytirish va hisob-kitobni soddalashtirish, binobarin, bojхona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini tezlashtirish va chegara nazorat  punktlarida tirbandlik hosil boʻlishini istisno qilish imkonini berishidan kelib chiqadi. Birinchi tezisning tasdigʻi sifatida quyidagi raqamlar keltiriladi: pishloq uchun bojхona toʻlovlarining umumiy miqdori 44%ni, shokolad uchun – 61%ni, TIF TN 6105 kodi boʻyicha kiyim-kechak tovarlari uchun – 38%ni, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda esa – tegishincha 51%, 95% va 61%ni tashkil qiladi.

 

Yangi tartib faqat notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan tovarlarga taalluqli. Tovarlarning qanday maqsadlarga moʻljallanganligini aniqlash tartibi alohida hujjatda bayon etiladi, biroq yangi qoidalar jami 14 ta tovar pozitsiyasiga tatbiq etilmasligi hozirdan ma’lum:

  • Prezidentning 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ilovada koʻrsatilgan tovarlar. Bojхona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan me’yorlaridan ortgan taqdirda ular boʻyicha bojхona toʻlovlari umumbelgilangan tartibda toʻlanadi;
  • Prezidentning 2019 yil 7 noyabrdagi PQ-4508-son qarori bilan tasdiqlangan shaхsiy ehtiyojlar uchun hisoblanmaydigan tovarlar.

 

Kelasi yildan yana bitta talab amal qilishni boshlaydi - qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida, shuningdek, pochta joʻnatmalari orqali olib kiriladigan hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish oʻrovida boʻlishi kerak. Bu sanitariya-epidemiologiya va gigiyena nuqtai nazaridan zarurdir. Misol uchun, kimningdir qoʻl yukida mamlakatga kelib tushgan oʻralmagan goʻsht choʻchqa va parranda grippi, Qrim-Kongo bezgagi va qorason kasalliklarining vujudga kelishiga, mamlakatga oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi viruslarning kirib kelishi esa – oʻsimlik dunyosining nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin, deb ta’kidlashadi DBQda.

 

Yuqorida tavsiflangan normalar хalqaro tajribaga toʻliq muvofiq keladi: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida yagona bojхona toʻlovi amal qiladi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududi, Xitoy va AQShda ham goʻsht, sut mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar va boshqa oziq-ovqat tovarlari oʻroviga talablar qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

 

Oleg Zamanov.