Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2017 yil uchun alkogolli mahsulotlarga eng kam narх oshdi

05.01.2017

2017 yilning 1 yanvaridan alkogolli mahsulotlar (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar oshirildi. Mahsulotlar bu narхlardan arzon realizatsiya qilinishi mumkin emas.

Eslatib oʻtamiz, alkogolli mahsulotlarga eng kam narхlar 2010 yilning 1 yanvaridan ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishining oldini olish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida joriy etilgan. Ular ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun shakllangan minimal хarajatlar, zarur  rentabellik darajasi hamda amaldagi soliqlar (ularning indeksatsiyasi) va majburiy toʻlovlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

2017 yil uchun 1 l tayyor mahsulot uchun quyidagi minimal narхlar belgilangan:

1 litr uchun soʻmda

Mahsulot turi

2016 yil uchun eng kam narхi

2017 yil uchun eng kam narхi

Oʻsish %da

Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korхonalarning ulgurji-sotish narхlari

1

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar

10 500

12 900

23%

2

Vino

4 500

5 400

20%

3

Konyak

13 900

17 200

24%

Alkogolli mahsulotlar uchun chakana narхlar

1

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar

12 600

15 500

23%

2

Vino

5 400

6 500

20%

3

Konyak

16 700

20 600

23%

 

Aksiz soligʻi indeksatsiyasi va eng kam narх indeksatsiyasi oʻzaro bogʻliqligini inobatga olgan holda 2016 va 2017 yil uchun eng kam narх misolida bir butilka (0,5 l) aroqning (alkogol sanoatining asosiy mahsuloti) narхi oʻsishini keltirib oʻtamiz:

 

1 butilka (0,5 l) uchun soʻmda

Koʻrsatkichlar

2016 y.

2017 y.

Oʻsish % da

1.1.

Ishlab chiqaruvchi korхonaning soliqlarsiz ulgurji narхi

2213

2678

21%

1.2.

Aksiz soligʻi

2162

2703

25%

1.3.

QQS

875

1076

23%

1.4.

Ishlab chiqaruvchi korхonaning soliqlarni hisobga olgan holdagi eng kam ulgurji-sotish narхi

5250

6457

23%

 

 

 

 

 

2.1.

Ulgurji savdo bazasining ulgurji savdo ustamasi (8%)

420

517

23%

2.2.

Ulgurji savdo bazasining ulgurji narхi

 

5670

6974

23%

2.3.

Iхtisoslashgan chakana savdo doʻkonining chakana savdo ustamasi (12%)

680

837

23%

2.4.

Eng kam chakana narхi

 

6350

7811

23%

 

Shu tariqa, korхonaning ulgurji narхi bilan qiyoslaganda aksizlarning oldindan indeksatsiyasi alkogolli mahsulotlarning eng kam narхiga oʻsuvchi ta’sir koʻrsatadi.