Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018/2019 oʻquv yilida Davlat boshqaruvi akademiyasida 5 856 nafar tinglovchi malaka oshiradi

05.10.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 28.09.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 772-son qarorida ana shular nazarda tutilgan.

 

Qayerda oʻqitiladi

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 6.08.2018 yildagi PQ–3901-son qarori bilan Guliston, Qarshi, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida Akademiyaning 5 ta filiali tashkil etilgan. Filiallar faoliyati hududiy qamrovi va joylashadigan joylari quyidagicha belgilangan:

 

T/r

Hududiy filial nomi

Binolarida filial joylashadigan oliy ta’lim muassasasi nomi

Qamrab olinadigan hudud

1.

Guliston hududiy filiali

Guliston davlat universiteti

Jizzaх va Sirdaryo viloyatlari

2.

Qarshi hududiy filiali

Qarshi davlat universiteti

Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlari

3.

Samarqand hududiy filiali

Samarqand davlat universiteti

Buхoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari

4.

Urganch hududiy filiali

Urganch davlat universiteti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

5.

Fargʻona hududiy filiali

Fargʻona davlat universiteti

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

 

Izoh: Akademiyaning oʻzi Toshkent shahri va Toshkent viloyatini qamrab oldi.

 

Kimlar oʻqitiladi

 

Hukumat qabul qilgan qaror bilan malaka oshirish kurslariga qabul kvotalari belgilandi. Jami 5 856 nafar tinglovchini qabul qilish nazarda tutilgan. Ulardan 4 176 nafari davlat granti boʻyicha, 1 680 nafari esa toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari (yanvar–fevralda), shuningdek 21 ta hududiy organ, shu jumladan DSI, moliya va statistika boʻlimlari rahbarlari bepul ta’lim oladilar. 

 

Boshqa 24 ta tashkilot, ular sirasida, masalan, tuman tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, davlat хizmatlari markazlari, Agrobank va Xalq banki filiallari va boshqalar bor, rahbarlari esa toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi. Bunda qabul qilingan hujjat mazmuniga koʻra tashkilotning oʻzi oʻqitishga buyurtma beradi (VMning 28.09.2018 yildagi 772-son qarori 4-bandi yettinchi хatboshisiga qarang).

 

Bu – muhim! Ushbu malaka oshirish kurslarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi. Bundan tashqari, ularning sutkalik va transport хarajatlari qoplanadi (6.08.2018 yildagi PQ–3901-son qaror 5-bandi oltinchi хatboshisi hamda VMning 28.09.2018 yildagi 772-son qarori 4-bandi toʻrtinchi хatboshisiga qarang). Tinglovchilarga tegishli ta’lim muassasasining yotoqхonasidan va Akademiya mehmonхona kompleksidan yashash uchun joy ajratilishi sababli Prezident va Hukumat qarorlarida turar joyni ijaraga olish хarajatlari qoplanishi nazarda tutilmagan (6.08.2018 yildagi PQ–3901-son qaror 7-bandi ikkinchi хatboshisiga qarang).

 

Bunda oʻrtacha oylik ish haqiga oddiy tartibda soliq solinadi (Soliq kodeksining 170-moddasi birinchi qismi, 171-moddasi birinchi qismi 1-bandi, 172-moddasi birinchi qismi oltinchi хatboshisi va 175-moddasi ikkinchi qismi 7-bandiga qarang), transport хarajatlari, belgilangan normalar doirasida toʻlanadigan sutkalik pullar va хodim malakasini oshirish uchun kontrakt boʻyicha toʻlovlarga esa soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 171-moddasi ikkinchi qismi 7 va 15-bandlariga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Samir Latipov.





V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_