Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018 yil 2 iyuldan 50, 100, 200 va 500 soʻmlik yangi tangalar muomalaga kiritildi

02.07.2018

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tegishli хabar tarqatdi.

 

2018 yil 2 iyuldan 50 (ellik), 100 (yuz), 200 (ikki yuz) va 500 (besh yuz) soʻmlik tangalar koʻrinishidagi yangi pul belgilari muomalaga chiqarildi.

 

50 (ellik) soʻmlik tanga

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi «50 so’m» tangasi nikel qoplamali poʻlatdan tayyorlangan, rangi oq.

 

Tanganing old tomonida (avers) tanga qimmati «50» raqami bilan va raqam ostida «so’m» soʻzi botiq bosma harflar bilan bosib tushirilgan. Raqamning ikkala tomonida milliy bosh kiyim – doʻppidagi naqsh boʻrtma koʻrinishda tasvirlangan.

 

Tanga nominalining tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan.

 

Tanganing orqa tomonida (revers) markazda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi cheti boʻylab doirasimon bosma harflar bilan «O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» deb yozilgan.

 

Gerb ostida ikkita boʻrtiq nuqta bilan cheklangan, tanga chiqarilgan yilni anglatuvchi «2018» raqami tasvirlangan.

 

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan.

 

Tanganing yon tomoni tekis.

 

Tanga diametri – 18,0 mm, qalinligi – 1,0 mm, massasi – 2,0 grammni tashkil etadi.

 

100 (yuz) soʻmlik tanga 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi «100 so’m» tangasi nikel qoplamali poʻlatdan tayyorlangan, rangi oq.

 

Tanganing old tomonida (avers) Mustaqillik va insonparvarlik haykali tasvirlangan.

 

Haykalning chap tomonida tanga qimmati «100» raqami bilan va raqam ostida «so’m» soʻzi bosma harflar bilan bosib tushirilgan.

 

Tanganing orqa tomonida (revers) markazda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi cheti boʻylab doirasimon bosma harflar bilan «O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» deb yozilgan.

 

Gerb ostida ikkita boʻrtiq nuqta bilan cheklangan, tanga chiqarilgan yilni anglatuvchi «2018» raqami tasvirlangan.

 

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan.

 

Tanganing yon tomoni tekis.

 

Tanga diametri – 20,0 mm, qalinligi – 1,0 mm, massasi – 2,5 grammni tashkil etadi.

 

200 (ikki yuz) soʻmlik tanga 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi «200 so’m» tangasi nikel qoplamali poʻlatdan tayyorlangan, rangi oq.

 

Tanganing old tomonida (avers) Samarqand shahridagi «Sherdor» madrasasi ichki fasadidagi sher surati tasvirlangan.

 

Suratning pastki qismida tanga qimmati «200» raqami bilan va raqam ostida «so’m» soʻzi botiq bosma lotincha harflar bilan bosib tushirilgan.

 

Tanganing tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan.

 

 Tanganing orqa tomonida (revers) markazda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi cheti boʻylab doirasimon bosma harflar bilan «O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» deb yozilgan.

 

Gerb ostida ikkita boʻrtiq nuqta bilan cheklangan, tanga chiqarilgan yilni anglatuvchi «2018» raqami tasvirlangan.

 

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan.

 

Tanganing yon tomoni tekis.

 

Tanga diametri – 22,0 mm, qalinligi – 1,1 mm, massasi – 3,3 grammni tashkil etadi.

 

500 (besh yuz) soʻmlik tanga 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi «500 so’m» tangasi nikel qoplamali poʻlatdan tayyorlangan, rangi oq.

 

 Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyi tasvirlangan.

 

Tasvirning pastki qismida tanga qimmati «500» botiq raqami bilan va raqam ostida «so’m» soʻzi bosma harflar bilan bosib tushirilgan.

 

Tanga markazida joylashgan tasvirning tashqi aylanasi boʻylab milliy tasviriy san’at namunasi doira qilib tushirilgan.    

 

Tanganing orqa tomonida (revers) markazda Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi cheti boʻylab doirasimon bosma harflar bilan «O‘ZBEKISTON MARKAZIY BANKI» deb yozilgan.

 

Gerb ostida ikkita boʻrtiq nuqta bilan cheklangan, tanga chiqarilgan yilni anglatuvchi «2018» raqami tasvirlangan.

 

Tanganing orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi boʻylab 72 dona miqdorida boʻrtma sferik nuqtalar tushirilgan.

 

Tanganing yon tomoni tekis.

 

Tanga diametri – 24,0 mm, qalinligi – 1,1 mm, massasi – 3,9 grammni tashkil etadi. 

 

Muomalada boʻlgan pul belgilari bilan bir qatorda muomalaga chiqarilgan 50, 100, 200, 500 soʻmlik tangalar barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va aholi tomonidan barcha turdagi toʻlovlarda ustiga yozib qoʻyilgan qiymatda cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.   

 

Bu – muhim! Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilar haqida хabar berdi:

 

Bugungi kunda muomalada boʻlgan 2001–2002 yillar namunalaridagi 50 soʻmlik, 2004 va 2009 yil namunalaridagi 100 soʻmlik tangalar hamda 1994 yil namunasidagi 50 va 100 soʻmlik banknotalar 2019 yil 1 iyulgacha barcha turdagi toʻlovlarda cheklovlarsiz qabul qilinadi, banklar kassalariga kelib tushgan ushbu banknotalar va tangalarning qayta muomalaga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

200, 500 soʻmlik banknotalar muomalaga chiqarilgan yangi namunadagi tangalar bilan parallel ravishda barcha turdagi toʻlovlarda cheklovlarsiz qabul qilinadi, 2019 yil 1 iyuldan va 2020 yil 1 iyulgacha banklar kassalariga kelib tushgan bunday nominaldagi banknotalarning qayta muomalaga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Muomaladan qaytarib olinadigan banknotalar va tangalarni ayirboshlash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (19.05.2018 yilda 3014-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) muvofiq banklarning kassalari orqali amalga oshiriladi. Hujjat sharhi – bu yerda. 

 

Mazkur Nizomga muvofiq muomaladan qaytarib olinadigan banknotalar va tangalar bank omonat schyotlariga va bank (plastik) kartalariga kirim qilish uchun ham cheklovlarsiz qabul qilinadi. 

 

Chakana savdo va хizmatlar sohasi tashkilotlari хaridorlar va foydalanuvchilarga qaytimni toʻliq hajmda qaytarishni ta’minlash maqsadida хizmat koʻrsatuvchi banklardan hisob-kitob schyotlaridagi mablagʻlar qoldigʻi doirasida yangi namunadagi tangalarni zarur miqdorda olishlari mumkin.    




 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_