Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018 yil uchun Davlat dasturi loyihasi 5 yanvargacha ishlab chiqiladi

29.12.2017

 

Prezidentning 28.12.2017 yildagi F-5155-son farmoyishi bilan “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili» yilida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi loyihasini tayyorlash boʻyicha Yigʻma ishchi guruh tashkil etildi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri e’lon qilingan yil nomiga binoan har yili alohida Davlat dasturi tasdiqlanishini koʻzda tutadi.

 

Kelgusi yil mamlakatimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili deb e’lon qilindi.

 

Prezidentning Davlat maslahatchisi rahbarligida tashkil etilgan guruh tarkibiga vazirliklar, idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Oliy Majlis, Prezident devoni vakillari va boshqalar kiradi (jami 14 nafar).

 

Yigʻma ishchi guruhga kelgusi yil uchun davlat dasturi loyihasini 2018 yil 5 yanvargacha tayyorlash topshirildi. 5 dan 15 yanvargacha boʻlgan davrda loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun, shu jumladan Internetda joylashtiriladi. Tushgan takliflar hisobga olingan holda mukammal ishlab chiqilgan tahriri tasdiqlashga kiritiladi (20.01.2018 yilgacha).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 28.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.