Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018 yil uchun Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish boshlandi

16.08.2017

 

Prezidentning 15.08.2017 yildagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar berdi.

 

Hujjatda mamlakatning joriy yildagi  asosiy yutuqlari aks ettirilgan hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda Harakatlar strategiyasida koʻzda tutilgan rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha qator topshiriqlar berilgan (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Topshiriq

 

Amalga oshirish muddati

 

statistik va boshqa ma’lumotlarni yigʻish, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni va barcha darajadagi davlat organlari faoliyatining natijalarini oʻrganish,  

 

fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari, ilmiy doira vakillari va хorijiy mutaхassislarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, "davra suhbatlari", soʻrovlar, ekspert va jamoatchilik muhokamalari oʻtkazish orqali Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yakunlarini tizimli tahlil qilish,

 

2017 yilning avgust-sentyabr oylari davomida

mamlakatni rivojlantirish yakunlarini hisobga olgan holda “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi” aхborot-tahliliy sharhi nashr etilishi va tarqatilishini

 

2017 yil 1 dekabrga qadar

Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun taqdim etiladigan dolzarb takliflarning tayyorlanishi, yigʻilishi va umumlashtirilishini hamda ularni Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritilishi

 

2017 yil 10 noyabrga qadar

 

Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflar faqat keng jamoatchilik bilan dastlabki muhokama qilingandan keyin koʻrib chiqiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.