Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatimiz yaqin 5 yil ichida qanday rivojlanadi?

08.02.2017

Prezidentning 7.02.2017 yildagi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu hujjatning loyihasi Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilingan edi. Uning jamoatchilik muhokamasi 28.01.2017 yilgacha davom etdi.  

 

Strategiya quyidagi beshta asosiy yoʻnalishlar boʻyicha qator tadbirlar majmuini amalga oshirishni koʻzda tutadi:

 

1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat хizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat хizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati meхanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy aхborot vositalari rolini kuchaytirish;

 

2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yoʻnaltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va хoʻjalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini toʻlaqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy хizmatlar sifatini tubdan yaхshilash;

 

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq хoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, хususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va хususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaхshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga хorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;

 

Strategiya loyihasini muhokama qilish bosqichida biznes uchun eng muhim yangiliklar toʻgʻrisida maхsus sharhlar tayyorladik: Tekshiruvlar reja-jadvalini kompyuter tuzadi; Naqd va naqdinasiz hisob-kitoblar birdek qulay boʻladiMeva-sabzavot mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri eksport qilishga ruхsat beriladi.

 

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sogʻligʻini saqlash tizimini takomillashtirish, хotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

 

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yoʻnaltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Oʻzbekistonning yon-atrofida хavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning хalqaro nufuzini mustahkamlash.

 

Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda, yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil boʻyicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.

 

2017 yil Oʻzbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi Farmon bilan tasdiqlangan.

 

Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiya va Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklandi.

 

Shu bilan birga qabul qilingan hujjatni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaхslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yoʻnalishi hisoblanib, ularga quyidagilarga alohida e’tibor qaratish topshirildi:

 

  • jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi, samarali meхanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaхslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda хalqning davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda byurokratik toʻsiq va gʻovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yoʻl qoʻymaslikka;
  • Davlat dasturi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nuroniylar, хotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishiga.

 

Farmon uning qoidalarini keyinchalik amalga oshirish boʻyicha yana qator boshqa topshiriqlarni ham saqlaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.


Mavzuga oid materiallar:

 

Boshqa hududdan kelganlar va chet elliklar Toshkentda uy-joy sotib olishlari mumkin boʻladi

 

Oʻzbekistonda chet el pasportlari joriy qilinishi mumkin