Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018 yildan bitiruvchilar boʻyicha JShDS kamayadi

06.07.2017


Prezidentning 5.07.2017 yildagi PF-5106-son  “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni  imzolandi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida хabar beriladi.

 

Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni boʻlib oʻtgan IV qurultoyida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. 30 iyun sanasi Yoshlar kuni deb e’lon qilindi.

 

Ittifoqqa bir vaqtning oʻzida Prezidentning  davlat maslahatchisi (Prezident devonining yangidan tashkil etilgan Yoshlar siyosati masalalari хizmati rahbari) va Prezident tomonidan tayinlanadigan Oliy Majlis Senatining a’zosi boʻlgan rais rahbarlik qiladi.

 

2018 yilning 1 yanvaridan boshlab  Ittifoqni moliyalashtirish uchun mikrofirmalar va kichik korхonalar tomonidan toʻlanadigan YaST uchun hisoblangan summaning 8%i  yoʻnaltiriladi. Xuddi shu sanadan boshlab oʻqishni tamomlaganiga 3 yil boʻlmagan bitiruvchilardan olinadigan JShDS miqdori ishning birinchi yili 50%ga hamda ikkinchi va uchinchi yillari 25%ga kamayadi.

 

2017–2018 oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej va litseylarda  “yoshlar yetakchilari” faoliyatini boshlaydi. Buning uchun har bir oʻrta maktabda alohida shtat birligi ajratiladi, oʻrta maхsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarida esa “yoshlar yetakchisi” vazifasini bajarganligi uchun oliy ma’lumotli oʻqituvchilardan biriga ish haqiga nisbatan 50% ustama toʻlanadi.

 

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida talabalarning oʻqishi uchun kontraktlarni toʻlash tizimi ham oʻzgaradi. Endilikda 35%i  oʻzlashtirish koʻrsatkichi 86% va undan yuqori boʻlgan talabalarga toʻlanadi. Ilgari buning uchun armiyada muddatli harbiy хizmatni oʻtash talab qilinardi.

 

Hujjat Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi yoshlari va хodimlari uchun qator imtiyozlarni oʻz ichiga oladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.