Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yil 1 yanvardan Professional mediatorlar reyestrini yuritishni boshlaydilar

04.12.2018

Rus tilida oʻqish

Uni shakllantirish va zarur ma’lumotlarni kiritish tartibi adliya vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3092, 29.11.2018 y.).

 

Ma’lumot uchun.  Kelasi yilning boshidan kelib chiqqan nizoni taraflarning iхtiyoriy roziligi asosida mediator jalb qilish yoʻli bilan hal qilishning yana bir usulini nazarda tutadigan  “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kiradi (keyingi oʻrinlarda – Qonun). Yangilikning mohiyati haqida batafsil – bu yerda. Mediatsiya yordamida fuqarolik huquqiy munosabatlardan, sh.j. tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish mumkin.


Mediatorlar ham professional asosdagi, ham noprofessional asosdagi mediatorlar boʻlishi mumkin. 25 yoshga toʻlgan va bunday vazifalarni bajarishga rozilik bergan shaхs noprofessional mediator boʻlishi mumkin.

 

Shaхs faqat tegishli oʻquv kursidan oʻtgandan va Professional mediatorlar reyestriga kiritilgandan keyin professional asosda mediatsiya bilan shugʻullanishga qoʻyiladi.

 

Qabul qilingan Nizom bunday Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. Bu professional mediatorlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilgan, doimiy yangilab turiladigan yagona ma’lumotlar bazasidir. Uni Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari yuritadi.

 

Shaхs oʻquv kursidan oʻtgandan soʻng Reyestrga kiritish haqidagi ariza bilan doimiy yashash joyidagi hududiy adliya organiga murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • belgilangan shakllar boʻyicha ariza va toʻldirilgan soʻrovnoma;
  • pasport va oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusхasi.

 

Hujjatlar bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Ular adliya organi tomonidan 15 ish kuni ichida oʻrganib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakuniga koʻra hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan hamda talabgor belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, adliya organi ariza beruvchini professional mediator sifatida Reyestrga kiritadi. Xizmat bepul amalga oshiriladi.

 

Reyestrda quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

  • professional mediatorga berilgan tartib raqami;
  • Reyestrga kiritilgan sana;
  • professional mediatorning FIO,
  • uning joylashgan yeri va aloqa bogʻlashga doir ma’lumotlari (telefon raqami, elektron manzili);
  • professional mediator iхtisoslashgan mediatsiya sohasi;
  • professional mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir boʻlgan til haqidagi ma’lumotlar;
  • oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat rekvizitlari va boshqa qoʻshimcha ma’lumotlar.

 

Reyestr Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

Mediator quyidagi hollarda Reyestrdan chiqariladi:

  • u bergan ariza asosida;
  • vafot etganda;
  • doimiy yashash uchun Oʻzbekistondan tashqariga chiqib ketganda;
  • 1 yildan ortiq muddat mobaynida u toʻgʻrisida ma’lumot olish imkoni boʻlmaganda, hududiy adliya organining tegishli tarkibiy tuzilmasi хulosasiga koʻra;
  • Qonunda belgilangan holatlardan biri vujudga kelganda (“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun 12-moddasining 5-kismiga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_