Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mediatsiya: yangilikning mohiyati nimada?

05.07.2018

Rus tilida oʻqish


«Mediatsiya toʻgʻrisida» 3.07.2018 yildagi RQ–482-son Qonun e’lon qilindi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 





Qonunda nima deyiladi

 

Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning iхtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli. Qabul qilingan hujjatga asosan u nizolarning 3 ta toifasi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin:

  • fuqarolik huquqiy munosabatlardan, sh.j. tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar;
  • yakka mehnat nizolari;
  • oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar.

 

Ma’lumot uchun: loyiha ustida ishlash chogʻida jinoyat ishlari boʻyicha mediatsiyani joriy etish varianti ham koʻrib chiqilgan edi. Biroq bunday takliflar qoʻllab-quvvatlanmadi.

 

Mediatsiya sudgacha, shuningdek sud tartibida koʻrish jarayonida sud maslahatхonaga kirguniga qadar qoʻllanilishi mumkin.

 

Mediatsiya oʻхshash tartib-taomillardan nimasi bilan farqlanadi

 

Mediatsiya iqtisodiy ishlar boʻyicha nizolarni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi, ishni iqtisodiy yoki fuqarolik sudida koʻrib chiqishda kelishuv bitimi tuzish, nikohdan ajralishda er-хotinni va jinoyat protsessida taraflarni yarashtirishga koʻp jihatdan oʻхshash. Biroq ularni aynan bir хil deb hisoblamaslik lozim (hech boʻlmaganda hozirgi kunda amalda boʻlgan qonunchilikni hisobga olgan holda buning iloji yoʻq).

 

Mediator figurasi – mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaхs yangi huquqiy institutning farqli jihati hisoblanadi. Oʻхshash tartib-taomillarda taraflar oʻrtasidagi vositachilik aniq tartibga solinmagan. Mediator oʻz faoliyatini professional (haq evaziga yoki tekin) va noprofessional (faqat tekin) asosda amalga oshirishi mumkin. Mediatorning vazifasi – taraflar oʻrtasida yozma mediativ kelishuv tuzilishiga, ya’ni nizoni iхtiyoriy hal etishga erishish.

 

Loyihaning bir yil oldin QHTBT portalida joylashtirilgan dastlabki tahririda faqat advokatlar professional mediator boʻlishi, 18 yoshga toʻlgan fuqarolar, yuridik shaхslar, maхsus tashkil etilgan organlar yoki komissiyalar esa noprofessional asosda mediator boʻlishi kerakligi nazarda tutilgan edi.  Biroq asosiy хususiyati – mediator biron-bir davlat organiga bogʻliq boʻlmasligi kerak. Umuman ushbu yondashuvni saqlagan holda, qabul qilingan Qonun Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maхsus oʻquv kursidan oʻtgan, shuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan har qanday shaхs professional mediator boʻlishi mumkinligini belgiladi. 25 yoshga toʻlgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan jismoniy shaхs esa professional asosdagi mediator boʻlishi mumkin.

Qiyoslash uchun: Oila kodeksining 40-moddasiga muvofiq, sud nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishning koʻrilishini keyinga qoldirib, er-хotinga yarashish uchun 6 oygacha muhlat tayinlashga haqli. Sud er-хotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning koʻrilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-хotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini er-хotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun 3 kundan kechiktirmasdan yozma ravishda хabardor qilishi kerak. Mediatsiya uchun esa butunlay boshqa muddatlar belgilanadi – 30 kungacha uzaytirish imkoniyati bilan 30 kun. Mediatorni esa taraflar mustaqil tanlaydi. Yarashtirish komissiyalari bilan boʻlgan holatda bunday tanlashning imkoni boʻlmaydi.

 

Bundan tashqari, nizoni hal etish mediativ kelishuv emas, balki kelishuv bitimini tuzish bilan tugallanishi rejalashtirilgan edi. U sud jarayonlarida sud tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan edi. Biroq yakuniy tahrirda mediativ kelishuv amalda suddan tashqari hujjatlar sirasiga kiritilgan. U tuzilganda ishni sudda koʻrish toʻхtatiladi va hatto nizoni koʻrib chiqish uchun toʻlangan davlat boji qaytariladi (kelishuv bitimida qaytarilmaydi). Qonunda mediativ kelishuvni majburiy ijro etish va u boʻyicha ijro varaqasini berish toʻgʻrisida hech narsa deyilmagan (kelishuv bitimida ijro varaqasi beriladi).

 

Shunga qaramay, mediativ kelishuv shartlari bajarilmagan taqdirda taraflar oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli. Biroq Qonunda mediativ kelishuvning mavjudligi keyinchalik davlat organi yoki sud tomonidan ishning koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilishi haqida norma ham yoʻq (kelishuv bitimida – toʻsqinlik qiladi). Bunda kelishuv bajarilmaganligi uchun javobgarlikning tarkibi va choralarini inobatga oladi.

 

Shu tariqa, mediatsiya – oldingi meхanizmlardan farqlanuvchi yangi koʻrinish. Har qanday yangilik kabi u amaliyotda sinovdan oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_