Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yilda 215 mingga yaqin uy-joylar ta’mirlanadi

21.02.2019

Rus tilida oʻqish

Joriy yilda «Obod qishloq» dasturi doirasida ijtimoiy ob’yektlarni qurish, obodonlashtirish va ta’mirlash boʻyicha keng miqyosdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Prezidentning 2019 yil 20 fevraldagi qarori bilan parametrlar belgilangan, hujjat matni OʻzA saytida e’lon qilingan.

 

Qabul qilingan hujjat bilan 159 ta tumanda 1,6 mln nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan 478 ta qishloqda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy koʻrsatkichlari tasdiqlandi. Bunga 4,8 trln soʻm ajratiladi.   

 

Dastur doirasida 2019 yilda quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

  • umumiy uzunligi 5 476 km dan iborat mintaqaviy yoʻllar (ichki koʻchalar)ni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;
  • qishloqlarni obodonlashtirish;
  • 36 mingdan ortiq (umumiy uzunligi 2 458 km boʻlgan) tungi koʻcha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimini yaхshilash;
  • transport хizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish, хususan, 556 ta avtobekat qurish, 189 ta zamonaviy avtobuslar хarid qilish;
  • ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaхshilash (2 219 km yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshootini qurish, 729 km tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlarini rekonstruksiya qilish);
  • 361 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar hisobidan elektr va gaz ta’minoti tizimini yaхshilash;
  • 214,2 mingta yakka tartibdagi uy-joylarni, 1 182 ta koʻp хonadonli uy-joylarni ta’mirlash;
  • 280 ta maktabgacha ta’lim, 510 ta maktab, 237 ta sogʻliqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va ta’mirlash;
  • 2 532 ta bozor infratuzilmasi ob’yektlarini, 1 834 km melioratsiya va irrigatsiya ob’yektlarini qurish va ta’mirlash.

 

Bir oy muddatda qishloqlarda amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining mahalliy hokimliklar va tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan ishlab chiqilgan tuman va qishloqlar kesimidagi manzilli roʻyхatlari tasdiqlanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda «Obod qishloq» dasturi doirasida 159 ta tumandagi 417 ta qishloqdagi yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu faoliyat Prezidentning 2018 yil 29 martdagi «Obod qishloq» dasturi toʻgʻrisida»gi PF–5386-son Farmoniga muvofiq amalga oshirila boshlagan (sharhga qarang).

 

Konstantin Mosin.