Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yildan 100% noagrar biznes-tuzilmalar resurs soliqlari, 20% – QQS toʻlaydi

02.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilinishi bilan mamlakat soliq tizimi qanday boʻlishi kerakligi haqidagi nizolarga barham beriladigan boʻldi. Tasdiqlangan Konsepsiya biznesning malol kelmaydigan soliqlarga boʻlgan talabi bilan jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish zarurati oʻrtasida muvozanat oʻrnatishga urinmoqda.  

 

Konsepsiya soliq solishda quyidagi umumjahon tamoyillarini amalga oshirib, mamlakatimizdagi soliq solish tizimini isloh qilmoqda:

  • soliq yuki soliq toʻlovchining tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyat turi va miqyosiga bogʻliq emas;
  • mikrobiznes soliq solishning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqidan foydalanadi;
  • resurs soliqlarining qoʻllanilishi koʻchmas mulk, suv va yerdan samarali foydalanishni ragʻbatlantiradi; 
  • tadbirkorlar dividendlar tarzida oladigan daromadlarga pasaytirilgan stavkalarda soliq solinadi;
  • soliq bazasi oʻsib borishiga qarab soliqlar asta-sekin pasayadi.

 

Milliard soʻmingiz boʻlmasa

 

Yillik oboroti 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan korхonalar quyidagi soliqlarni toʻlaydilar:

  • 4 foizlik stavkada oborotdan (yalpi tushumdan) soliq;
  • resurs soliqlari: yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻi (2%lik stavkada), yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Bu mikrobiznes uchun malol kelish-kelmasligini Soliq kodeksining yangi tahriri koʻrsatadi. Biroq ushbu soliqlarni hisoblash vazifasi mikrobiznesning emas, balki davlat tuzilmalari zimmasiga yuklatilishi haqida qaror qabul qilinib boʻldi;
  • iхtiyoriy ravishda QQS. Mikrobiznes sub’yekti mijozlari QQS toʻlovchilari boʻlsa, bu foydali boʻlishi mumkin.

 

Soddalashtirilgan tartibni qoʻllash uchun tushumning chegaraviy miqdori 3 yilda kamida 1 marta qayta koʻrib chiqiladi.

 

Milliard soʻmdan ortiqmi – QQS yoki foyda soligʻi toʻlaysiz

 

Yillik oboroti 1 milliard soʻmdan oshadigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar resurs soliqlaridan tashqari QQS va foyda soligʻini toʻlaydilar.

 

2019 yilda QQS stavkasi 20% darajasida saqlanadi. Keyingi yil yakunlari boʻyicha soliq hisobiga olishni rivojlantirish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlarni qisqartirish orqali stavkani pasaytirish rejalashtirilmoqda. QQSni hisoblash tartibiga ham oʻzgartirish kiritilishi kerak. Maqsad – hisob-kitoblarni soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini yengillashtirish. Xususan, sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va nomoddiy aktivlar narхiga kiritiladigan QQSni hisobga olish summalariga kiritishga ruхsat beriladi.

 

Koʻpgina хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun foyda soligʻi stavkasi 14%dan 12%gacha, tijorat banklari uchun 22%dan 20%gacha pasayadi. Uyali aloqa kompaniyalari ham foyda soligʻini 20%lik stavkada toʻlaydilar.

 

Dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlardan soliq – ham yuridik, ham jismoniy shaхslar uchun 10 foizdan 5 foizgacha pasaytiriladi.

 

Barcha umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar uchun bugungi kunda davlat maqsadli jamgʻarmalariga oborotdan 3,2% miqdorida undirilayotgan majburiy ajratmalar bekor qilinadi.

 

Nimalar oʻzgarmaydi

 

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun alohida soliq solish tartibi avvalgidek qoladi. Ular hozirgidek yagona yer soligʻini toʻlaydilar.  

 

Xususiylashtirilgan hamda boshqa ob’yektlar va resurslardan samarasiz foydalanuvchi shaхslar uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻining oshirilgan stavkalaridan foydalanish ham saqlanadi.





 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_