Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yildan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga – 100 foiz pensiya

13.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 12.12.2018 yildagi «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Hujjatga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.

 

Bundan tashqari, хuddi shu sanadan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori EKIHning 8 barobaridan 10 barobarigacha oshiriladi. Ushbu oshirishni hisobga olgan holda toʻlanayotgan pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, hozir aksariyat ishlovchi pensionerlarga tayinlangan pensiyaning 50%i toʻlanadi (20.11.1995 yildagi PF–1289-son Farmonga qarang). Ayrim toifadagi pensionerlargina ishlashda davom etib, toʻliq pensiya oladilar (roʻyхatga qarang). Biroq ushbu huquqni istisnosiz barcha pensionerlarga nisbatan tatbiq etish rejalashtirilayotganligi haqida yil davomida gapirildi. Shu jumladan, Prezident Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi ma’ruzasida shuni qayd etdi.    

 

Oleg Zamanov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_