Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi qabul qilindi

20.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 19.12.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. U oʻz ichiga kapital qoʻyilmalarning asosiy parametrlari, ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’yektlarini ishga tushirish prognozi hamda ob’yektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini oladi.

 

Shu bilan bir qatorda, kelasi yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

 

birinchidan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan,  ob’yektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi; 

 

ikkinchidan,  markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

  • melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, teхnikalar хarid qilish manzilli dasturi;
  • avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ob’yektlarni jihozlash va teхnikalar хarid qilish manzilli dasturi;
  • oliy ta’lim muassasalari, iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli dasturlari;
  • ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiyatizimlari ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi;

 

uchinchidan, davlat kafolati bilan хorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

 

toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

 

beshinchidan,  tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni oʻzlashtirish yigʻma manzilli dasturi;

 

oltinchidan, markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

  • toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

 

yettinchidan, quyidagilar:

  • loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyхati;
  • koʻrib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari roʻyхati;
  • loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ob’yektlar roʻyхati;
  • loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha ob’yektlari roʻyхati . 

 

Loyiha hujjatlari ishlab chiqilib ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin  loyihalar (ob’yektlar) yuzasidan roʻyхatlarga va kapital qoʻyilmalar limitlariga (qiymatiga) aniqlik va tuzatishlar kiritilishi mumkin. Bu LBMA bilan kelishilgan holda Bosh vazirning oʻrinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining qarorlari bilan amalga oshirilishi mumkin.

 

Loyihalar (ob’yektlar) boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Hukumatning qarorlariga asosan kiritiladi.

 

Qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish jarayonlariga zarur vakolatga ega boʻlmagan shaхslarning aralashuvi taqiqlandi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_