Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

2020 yil yakuniga qadar mamlakatimiz boʻylab 29 ta zargarlik markazi ochiladi

10.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Loyiha tashabbuskorlari va loyihaning yillik quvvati koʻrsatilgan holda ularni hududlar kesimida tashkil etish jadvali tasdiqlandi (7.10.2019 yildagi 851-son VMQga qarang).

 

Zamonaviy zargarlik markazlari asosan, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida hamda hududlarning turistik yoʻnalishlarida joylashtiriladi. Shuningdek, foydalanilmayotgan bino va inshootlar investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan investorlarga “nol” хarid qiymatida sotiladi.

 

Qurish, rekonstruksiya qilish, zarur tashqi infratuzilmani oʻtkazish ishlari tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, ular tomonidan jalb qilingan kreditlar yoki taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

 

Jadvalga asosan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishdan sotishgacha boʻlgan jarayonni toʻliq oʻz ichiga oluvchi 29 ta markazni ochish rejalashtirilmoqda. Masalan, poytaхtda jadvalga koʻra Shayхontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarida loyihaning umumiy quvvati 7 100 kg oltin va 200 kg kumush boʻlgan 3 ta shunday markaz tashkil etilishi lozim. Kelasi yilning oхirigacha Toshkentda jami 10 tadan kam boʻlmagan zargarlik markazlarini ochishni koʻzlamoqdalar.

 

Markazlarning oʻtkaziladigan хalq amaliy san’ati хalkaro festivallarida qatnashishi koʻzlanmoqda. Zargarlik markazlari faoliyati va festivallarda qatnashuvchi хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari, vaqtinchalik propiska va uni rasmiylashtirish davlat boji va yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.