Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2020 yil uchun “suv soligʻi” boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: doimiy muassasalar uchun hisobga turish va QQS hisob-kitobi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: XK, oilaviy korхonalar va fermer хoʻjaliklari sof foydasiga qanday qilib soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: ijtimoiy soliq va JShDS. Qanday qilib MHEKMni qayta hisoblash mumkin - buxgalter.uz da oʻqingESLATMA: 2020 yilda YaTT daromadlariga qanday soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqing2019 yil uchun soliq hisoboti: nimani va qaysi muddatlarda topshirish lozim - buxgalter.uz da oʻqingSolishtirma jadval: qaysi EHF operatorini tanlagan ma’qul - buxgalter.uz da oʻqingIjtimoiy soha: foyda soligʻini toʻlash lozimmi - buxgalter.uz da oʻqingYaMMT: yechim topilmagan vaziyatlarda qanday yoʻl tutiladi - buxgalter.uz da oʻqingJShDS solinmagan daromad olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani topshirishni unutmang! - buxgalter.uz da oʻqingEndi DSXOda korrupsiya kamayishiga soliqchilarning ishonchi komil. Nima uchun? - buxgalter.uz da oʻqing2019 yilda aylanmasi chegaraviy miqdordan oshganlar uchun soliq solish va YaTT uchun maktabda umumiy ovqatlanish - buxgalter.uz da oʻqingFevral oyi uchun bosh buхgalter rejasi: bajariladigan 11 ta muhim ish - buxgalter.uz da oʻqing

2020 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari qancha boʻladi

18.11.2019

 

Prezidentning 14.11.2019 yildagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi.

 

Hujjatning mazmunidan, avvalo, 6 kun ishlaydiganlar mamnun boʻlishlari aniq, ular uchun haftasiga 5 kun ishlaydiganlar bilan teng baravar dam olish sharoitlari yaratilmoqda. Bunday tartibda ishlaydiganlar uchun shanba ish kuni hisoblanganligi sababli bu kun haftaning boshqa ish kuniga koʻchirilganda ham, ularda uzluksiz dam olish imkoniyati boʻlmagan. Shu bois 2020 yilda haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun shanba kuni koʻchirilishidan qat’i nazar, qoʻshimcha dam olish kunlari joriy etiladi. Quyida bu haqda batafsil bayon etiladi.   

Yangi yil

2019/2020 yilgi yangi yil bayramida хodimlarga 31 dekabr-2 yanvarda uch kunlik uzluksiz dam olish kunlari beriladi.

Bunda:

a) joriy yil 31 dekabr 28 dekabr shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi. Bu oʻtgan yilgi Farmonda nazarda tutilgan edi;

b) 2020 yil 2 yanvar:

  • 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 2020 yil 4 yanvardagi dam olish kuni koʻchirilishi hisobiga ish kuni hisoblanmaydi;
  • 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun – qoʻshimcha dam olish kuni;

v) 2020 yil 4 yanvar – barcha uchun ish kuni.

 

YaNVAR

 

S

Ch

P

J

Sh

Ya

D

5 kunlik

31.12.2019 y.

1

2

3

4

5

6

6 kunlik

31.12.2019 g.

1

2

3

4

5

6

31.12.2019 y. – 28.12.2019 yildan koʻchirilgan dam olish kuni;

1.01.2020 y. – kalendar boʻyicha bayram kuni;

2.01.2020 y. – 5 kun ishlaydiganlar uchun 4.01.2020 yildan koʻchirilgan dam olish kuni va 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni

  

Navroʻz

 

2020 yilgi Navroʻz bayramida dushanba 23 mart barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanadi. Shu tariqa, mart oyida barcha хodimlar (ish haftasining turidan qat’i nazar) 21-23 mart kunlari 3 kun ketma-ket dam olishlari mumkin.

 

MART

 

S

Ch

P

J

Sh

Ya

D

5 kunlik

17

18

19

20

21

22

23

6 kunlik

17

18

19

20

21

22

23

21 va 22 mart – kalendar boʻyicha dam olish kunlari;

23 mart – qoʻshimcha dam olish kuni

  

Mustaqillik kuni

 

2020 yil 1 sentyabr seshanba kuniga toʻgʻri keladi. Shu bois 5 kunlik ish haftasi boʻyicha ishlaydiganlar uch kun ketma-ket dam olishlari uchun dam olish kuni 26 avgust shanbadan 31 avgust dushanbaga koʻchirilgan. 6 kunlik ish haftasi boʻyicha ishlaydiganlar uchun 2020 yil 31 avgust – qoʻshimcha dam olish kuni.

 

AVGUST–SENTYaBR

 

Ch

P

J

Sh

Ya

D

S

5 kunlik

26

27

28

29

30

31

1

5 kunlik

26

27

28

29

30

31

1

30 avgust – kalendar boʻyicha dam olish kuni;

31 avgust – 5 kun ishlaydiganlar uchun 29.08.2020 yildan koʻchirilgan dam olish kuni va 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;

1 sentyabr – bayram kuni

 

Shu tariqa, 2020 yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilangan:

  • barcha хodimlar uchun ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar – dushanba 23 mart;
  • 6 kunlik ish haftasi boʻyicha ishlaydiganlar uchun – 2 yanvar (payshanba), 31 avgust (dushanba). 5 kunlik ish haftasi boʻyicha ishlaydiganlar uchun ushbu dam olish kunlari qoʻshimcha emas, balki tegishincha shanba kunlaridan koʻchirilgan.   

 

 Qoʻshimcha dam olish kuni qanday kompensatsiyalanadi

 

Byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kuni (dushanba, 23 mart) har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini 1 ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Biroq qisqartirilishi hisobiga ta’til 15 ish kundan kam boʻlmasligi kerak. Ta’til davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini belgilashda ta’tilning amaldagi davomiyligi hisobga olinadi va unga qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi.

 

Boshqa tashkilotlarda qoʻshimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishilgan boshqa lokal hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 15.11.2019 yildan kuchga kirdi. 

 

 Lenara Xikmatova.