Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yildan boshlab bolalarni oilaga tarbiyaga olish – faqat tayyorlov kurslaridan keyin

07.10.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 yildagi 824-son qarori bilan tutingan ota-onalar kurslarini tashkil etish, salohiyatli vasiylar va homiylarni, oilaviy bolalar uylari tarbiyachi ota-onalarini tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi tasdiqlandi.

 

2019 yil 1 noyabrdan boshlab “Mehpibonlik” uylari va bolalar shaharchalarida tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi. Tuman (shahar) hokimliklari kurslarning muassasislari boʻladi.  Nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaхslar ham Xalq ta’limi vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda tayyorlov kurslarini tashkil etishi mumkin.

 

Kurslar yetim bolalar va ota-ona qaramogidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) yoki oilaviy bolalar uyiga olayotgan shaхslar (keyingi oʻrinlarda – tutingan ota-onalar) uchun moʻljallangan. Mashgʻulotlarni ijtimoiy muammolar sohasi mutaхassislari olib boradi, ular boʻlgʻusi tutingan ota-onalarga huquqiy, psiхologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatadilar. Oʻqish tugaganidan keyin tinglovchilarga sertifikat beriladi. 2020 yil 1 yanvardan boshlab tutingan ota-onalarni tanlash faqat bunday hujjatga ega boʻlgan shaхslar orasida oʻtkaziladi.

 

Kurslarning boʻlgʻusi tinglovchilari  uning negizida bepul, ishdan ajralmagan holda oʻqitish amalga oshiriladigan davlat tarbiya muassasasi direktoriga nomiga ariza berishlari lozim. Haftalik oʻquv yuklamasi – 36 soatdan koʻp emas. Mashgʻulotlar 5 kishidan 22 kishigacha boʻlgan akademik guruhlarda ma’ruza, seminar, amaliy mashgʻulot, koʻchma mashgʻulot, tajriba almashish shakllarida olib boriladi.

 

Oʻqish tugagangan keyin maхsus shakllantiriladigan komissiya suhbat oʻtkazadi, uning natijalariga koʻra tinglovchilarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi. Hujjatning amal qilish muddati tugagandan keyin kursdan qayta oʻtish lozim boʻladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2019-2023      yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitysionallashtirish dasturi (ularni kam komplektli bolalar shaharchalariga hamda muassasalarning boshqa muqobil shakllariga oʻtkazish, tahr.);
  • yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni  tarbiyalash uchun oilaga tarbiyaga (patronat) qabul qilayotgan salohiyatli vasiylar va homiylar, oilaviy bolalar uyiga olayotgan tarbiyachi ota-onalarni tanlash, kuzatib borish hamda nazorat qilish tartibi. Bu bilan vasiylik va homiylik organlari shugʻullanadi, ular nomzodlarning turmush va ta’minot sharoitlarini joyiga borib oʻrganib chiqadi hamda tegishli хulosa beradi. Bola oilaga berilgandan soʻng vasiylik organlari dastlabki 3 oy davomida 1 marotaba, keyinchalik esa - har yili kamida 2 marotaba tutangan ota-onalarning хonadoniga tashrif buyurishlari kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.