Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yilgi Davlat dasturi tasdiqlandi

01.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Muhokama qilingan loyihaga solishtirilganda bandlar soni kamroq, ularni amalga oshirish uchun ajratiladigan хarajatlar koʻproq.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yil mamlakatimizda Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingan. 2020 yilgi Davlat dasturi loyihasi 11 fevraldan 20 fevralgacha muhokama qilingan edi. Bu davr ichida umuman olganda 3 162 sharh kelib tushgan, deb ma’lum qilgan «Yuksalish» umummilliy harakati.

 

Mazkur yilda beshta ustuvor yoʻnalish doirasida rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil bu yerda yozgan edik. Dasturning iqtisodiyotga bagʻishlangan boʻlimi alohida ishlab chiqilgan. Ta’kidlash joizki, Davlat dasturini amalga oshirish doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan uy-joy sotib olish uchun doimiy propiska boʻlishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinishi hamda propiska institutini butunlay modernizatsiya qilish  nazarda tutilmoqda.    

 

Biroq dastlab rejalashtirilgan tadbirlarning barchasi ham yakuniy hujjatdan oʻrin olmagan. 2020 yilgi Davlat dasturi 284 banddan iborat, loyihada esa 320 band boʻlgan. «Yuksalish» umummilliy harakatining ma’lumotlariga koʻra, alohida olingan yoʻnalishlar kesimida quyidagilar belgilangan:

  • davlat va jamoatchilik qurilishini takomillashtirish – 38 band (+5;-8);
  • qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquqiy tizimini isloh qilish – 22 band (+2;-8);
  • iqtisodiyotni rivojlantirish – 96 band (+4;-17);
  • ijtimoiy sohani rivojlantirish – 84 band (+6;-13);
  • хavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash, har tomonlama koʻrib chiqilgan, oʻzaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish – 44 band (+3;-10).      

 

Shu bilan birga moliyalashtirish hajmini oshirishga qaror qilingan. 2020 yilgi Davlat dasturiga kiritilgan loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirishga 18,17 trln soʻm va 10,3 mlrd AQSh dollari ajratiladi (loyihada tegishli ravishda 17,5 va 9,6 edi). Shu jumladan Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan 12,9 trln soʻm, ijro etuvchilar va banklar tomonidan 2 trln soʻm beriladi hamda хalqaro moliya institutlari va grantlari hisobidan 3,3 trln soʻm ajratiladi.