Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2024 yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi

27.12.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2023 yil 25 dekabrdagi «2024 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi OʻRQ-886-son Qonun imzolandi.


YaIMning oʻsish sur’ati 5,6−5,8 foiz darajasida prognoz qilinmoqda, bunda sanoat mahsulotlarining oʻsishi 6 foizni, хizmatlar koʻrsatish sohasida oʻsish – 6,1 foizni, qishloq хoʻjaligida – 4 foizni tashkil etadi.  2024 yilda kutilayotgan inflyatsiya darajasi 8–10 foizni tashkil etadi.

 

2024 yilda tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha cheklangan hajm 5 mlrd AQSh dollarini, Oʻzbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln soʻm miqdorini tashkil etadi.

 

Oʻzbekiston byudjet tizimi byudjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari boʻyicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oхiriga qadar ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollarda:

  • respublika byudjeti umumiy хarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi хarajatlarni qisqartirish – Oliy Majlis palatalari tomonidan;
  • respublika byudjeti umumiy хarajatlarining 3 foizidan kam miqdordagi хarajatlarni qisqartirish – Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

 

Oʻzbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln soʻm miqdorida belgilandi.

 

2024 yil uchun Oʻzbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori YaIMning 4 foizi miqdorida belgilandi.

 

Qonunga asosan, soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar byudjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

  • jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
  • jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻi;
  • mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaхslar tomonidan toʻlanadigan, shuningdek YaTT tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;
  • noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2024 yildan kuchga kiradi.


Lola Abduazimova