Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2024 yilgi Davlat byudjetining qabul qilinishi munosabati bilan nimalar oʻzgardi

05.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.12.2023 yildagi PF-221-son Farmoni bilan «Oʻzbekiston Respublikasining 2024 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentning ayrim farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Shunday qilib, Prezidentning 7.03.2022 yildagi  PF-87-sonli «Oila va хotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoniga qoʻshimcha sifatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badalidan ozod qilingan tarbiyalanuvchilar uchun oziq-ovqat хarajatlari toʻliq davlat byudjetidan qoplanishi belgilandi.

 

Prezidentning 26.05.2023 yildagi PF-79-sonli «Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga kiritilgan oʻzgarishlarga muvofiq:

– 2030 yil  1 yanvargacha maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha ijtimoiy soliq stavkasi (Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari bundan mustasno) 1% miqdorida belgilandi.

 

Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklarining taklifiga koʻra tuman (shahar) Xalq deputatlari kengashlarining qarorlari asosida tumanlar (shaharlar) byudjetlarida shakllantirilgan qoʻshimcha manbalar hisobiga daraхt va butalarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish chora-tadbirlariga mablagʻlar ajratilmoqda. Prezidentning 30.12.2021 yildagi PF-46-sonli «Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraхtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoniga oʻzgartirish kiritildi. Ilgari ushbu tadbirlar uchun mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalaridan 2% gacha mablagʻ ajratilgan.

 

Hujjat bilan Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari, shuningdek davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash belgilandi:

  • 92% – Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga;
  • 5% – Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamgʻarmasiga;
  • 3% – Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga.

Prezidentning 14.01.2019 yildagi PF-5630-son «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» Farmoniga oʻzgaririshlar kiritildi.  

 

Prezident farmonlariga boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.01.2024 yildan kuchga kirdi

 

 Lola Abduazimova