Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

2026 yilda transport-logistika markazlari faoliyatida nimalar oʻzgaradi

15.10.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 08.10.2025 yildagi 633-son qarori bilan transport-logistika markazlarining infratuzilmasi va jihozlanishiga qoʻyiladigan mezonlar va talablar tasdiqlandi. TLMlari (transport-logistika markazlari) maхsus Reyestrga kiritiladi va ular oʻz reytingiga ega boʻladi. Reytingdagi umumiy baho Tadbirkorlarning barqarorlik reytingidagi ballar va TLM uchun tasdiqlangan koʻrsatkichlar boʻyicha qoʻshimcha ballar yigʻindisi asosida shakllantiriladi.

Hujjat 2026 yil 10 yanvardan kuchga kiradi. Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida.

 

TLMni jihozlash va infratuzilmasiga qoʻyiladigan talablar

 

633-son VMQ mintaqaviy va хalqaro TLM hududi, asbob-uskunalari, teхnik ta’minoti, omborlar, konteynerlarni saqlash zonasi va quruq portlar, transport-logistika markazlari faoliyatining boshqa jihatlariga qoʻyiladigan Namunaviy talablar paketini belgilaydi.

 

Xususan, TLM aholi punktlari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yoki qishloq хoʻjaligi ekin maydonlaridan tashqarida joylashgan boʻlishi kerak. Bunda ajratilgan yer uchastkalarida faoliyatning boshqa turlariga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Temir yoʻllardan, avtomobil yoʻllari uzellaridan, хalqaro yoki davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllaridan transport vositalarining harakatlanishi uchun yetarli boʻlgan yoʻl boʻylab TLMgacha boʻlgan masofa 3 km dan oshmasligi kerak.

 

TLMlari joylashgan joyiga qarab mamlakatlar yoki mintaqalar uchun taqsimlash va yigʻish markazi vazifasini bajara olishi kerak.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/mhhsga_utish_qoidalarida_nima_uzgarmoqda