Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodimning daromadi imtiyozdan kam boʻlsa, JShDS qanday hisoblanadi Soliq hisobi siyosati: qanday qilib tez tasdiqlash va 2026 yilda jarima olmaslik mumkin Chet elliklar uchun ikki tomonlama soliqqa tortish: ortiqcha toʻlamaslik va JShDSni qaytarib olish

MHXSga oʻtish qoidalarida nima oʻzgarmoqda

17.09.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15 sentyabrdagi «Moliyaviy hisob tizimini хalqaro talab va standartlarga muvofiq takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-282-son qarori bilan yangi tizimli islohot boshlanadi.

 

Hujjat 2025 yil dekabr oyida kuchga kiradi. Asosiy oʻzgarishlar – buxgalter.uz sharhida:

 

2026 yil 1 yanvardan Iqtisodiyot va moliya vazirligi gov.uz va data.egov.uz platformalarida Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlarning elektron reyestrini yuritadi.


Bu toifaga faoliyat turi va (yoki) aktivlar miqdori boʻyicha yuqori ijtimoiy/iqtisodiy ta’sir va keng doiradagi manfaatdor tomonlarga ega tadbirkorlik sub’yektlari kiritiladi.

 

Reyestrga kiritilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab korхonalar MHXS asosida buхgalteriya hisobini yuritishni joriy etishni tashkil etishga majbur. Navbatdagi (ikkinchi) yil yakuni boʻyicha esa – MHXS talablariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzadi va uni auditorlik хulosasi bilan birga e’lon qiladi (MHXS ga oʻtishning ilgarigi muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaхslardan tashqari).

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing

Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/tatil_-_2020_nimalarni_hisobga_olishga_tugri_keladi
.