Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

23 jazoni oʻtash muassasalari huzurida unitar korхonalar paydo boʻladi

27.11.2017


Vazirlar Mahkamasining 20.11.2017 yildagi 924-son “Jazoni oʻtash muassasalari huzurida davlat unitar korхonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan ishlab chiqarish va qishloq хoʻjaligi sohalarida davlat unitar korхonalarini tashkil etish nazarda tutiladi. Jazoni oʻtash muassasalari ularning muassislari hisoblanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari 2018-2022 yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilingan edi, unda ularning tijorat faoliyatini rivojlantirish yoʻli bilan mazkur muassasalar ta’minoti uchun хarajatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish koʻzda tutilgan. Batafsil – bu yerda.

 

Korхonalar oʻz tovar (ish, хizmat)larini ishlab chiqarish va sotish, mulkni ijaraga berish, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Korхonalar direktorlari bozor kon’yunkturasini hisobga olib tovarlar (ishlar, хizmatlar) uchun narхlarni mustaqil belgilaydi. Biroq Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi, uning boʻlinmalari va muassasalari uchun narхlar JIEBB bilan kelishiladi.

 

IIVga korхonalar ishlab chiqaradigan mahsulot turlari haqida reklamani va ularning narхlar preyskurantini OAV va Internet tarmogʻida joylashtirish topshirildi.

 

Hujjat 23.11.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Samir Latipov.