Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish" loyihasining muddati uzaytirildi

05.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2.11.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-5273-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq hamda respublika Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida transport vositalarining ruхsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan zamonaviy va samarali nazoratni tashkil etish maqsadida qabul qilingan.

 

Qaror bilan Prezidentning qarorlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

 

birinchidan, Prezidentning 28.12.2011 yildagi PQ-1671-son qaroriga 1-ilovada Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida "4R87 Gʻuzor-Chim-Koʻkdala avtomobil yoʻlini rekonstruksiya qilish" loyihasining investitsiyaviy davrini amalga oshirish muddati 126 oyni tashkil etadi.

 

Ikkinchidan, Prezidentning 26.05.2017 yildagi PQ-3011-son qarorining 2-bandida Loyihaning investitsiyaviy davrini amalga oshirish muddati 2022 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi.

 

Uchinchidan, Prezidentning 9.12.2019 yildagi PQ-4545-son qarori 31-band bilan toʻldirildi, unga muvofiq:

a) respublika Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida:

  • chet davlatlar avtotransport vositalarining, shu jumladan respublikaga kirib kelayotgan ogʻir vaznli va/yoki yirik gabaritli transport vositalarining respublikaga kirishi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻimlar va toʻlovlar amalga oshirilishi;
  • tashuvchilar tomonidan transport vositalarining ruхsat etilgan vazn va gabarit parametrlariga rioya etilishi ustidan nazorat bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladi;

b) 2021 yil 1 dekabrdan boshlab respublika hududiga chet davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va uning hududi orqali tranzit oʻtishi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • 70%i - Davlat byudjetiga;
  • 20%i - Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
  • 10%i - Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida zamonaviy nazoratni tashkil etish hamda ushbu bojхona postlari hududidagi ichki avtomobil yoʻllarini tegishli holatda saqlash uchun maqsadli yoʻnaltirilgan holda bojхona organlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.