Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

50, 100, 200 va 500 soʻmlik kupyura va tangalar muomaladan qaytarib olinadi

22.05.2018

Rus tilida oʻqish


Adliya vazirligi Telegram tarmogʻidagi oʻzining rasmiy kanalida Eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqida хabar qildi

 

Ularning oʻrniga 2018 yil namunasidagi 50, 100, 200 va 500 soʻmlik tangalar muomalaga chiqariladi.

 

Bu – muhim! Eski namunadagi 50 va100 soʻmlik tangalar hamda 50 va 100 soʻmlik banknotlarni ayirboshlash muddati 1.07.2019 yilgacha etib belgilandi. 200 va 500 soʻmlik kupyuralar uchun esa – 1.07.2020 yilgacha. Shu paytgacha ular avvalgidek toʻlovlarni amalga oshirish chogʻida qabul qilinishi kerak.

 

Tijorat banklari eski namunadagi pullarni hech qanday moneliksiz va cheklovlarsiz qabul qilishlari, shu jumladan mijozlar arizasiga asosan bank omonatlariga, bank plastik kartochka hisobvaraqlariga ularni kirim qilishlari, shuningdek hech qanday toʻlov yoki vositachilik haqi undirmagan holda ularni yangi namunadagi tangalarga ayirboshlab berishlari shart.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_