Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

5 aprel – Davlat хavfsizlik хizmati kuni

03.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

2.10.2018 yildagi OʻRQ–490-son «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi.

 

Mazkur Qonunga muvofiq 5 aprel Davlat хavfsizlik хizmati kuni etib belgilandi. Bu sanada «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilingan.

 

Eslatib oʻtamiz, DXX (ilgari – MXX) – mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaхlitligini hamda boshqa manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish masalalari boʻyicha maхsus vakolatli organ.

 

Idoraning asosiy funksiyalari, vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining davlat хavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5379-son Farmoni va «Oʻzbekiston Respublikasi davlat хavfsizlik хizmati toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan.  

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 3.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_