Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

5 iyun – Ramazon hayitining birinchi kuni

31.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 30 may kuni tegishli qarorni imzoladi.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining qarorini inobatga olib, 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun – chorshanba kuniga toʻgʻri keladi. Shu munosabat bilan ushbu kun mamlakatimizda Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi. Barcha tadbirlarning joylarda tartibli hamda хalqimizning milliy va diniy an’analariga munosib tarzda, yuqori darajada oʻtishi yuzasidan topshiriq berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq bayram (ishlanmaydigan) kun hisoblanadi. Ushbu kun arafasida, ya’ni 4 iyun (seshanba) kuni kundalik ish (smena) muddati barcha хodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi (MKning 121-moddasi).

 

Bundan tashqari, Prezidentning 12.11.2018 yildagi PF-5574-son Farmoni bilan 1 iyun – shanba kuni 6 iyun – payshanba kuniga koʻchirilgan, ya’ni 1 iyun shanba – ish kuni, 6 iyun payshanba esa – dam olish kuni. Bu belgilangan ish vaqti rejimi sababli shanba ish kuni hisoblanadigan 6 kunlik ish haftasiga ega tashkilotlarga tatbiq etilmaydi.

 

 

Oleg Zamanov.