Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

5 kunlik yangi yil ta’tili va 2018 yil uchun qoʻshimcha dam olish kunlari

29.12.2017

 

Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5290-son «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat matni davlatimiz rahbarining rasmiy saytida joylashtirilgan.

 

Yangi yil

 

30 dekabrdan 3 yanvarga qadar «yangi yil ta’tili» taqdim etildi. Bunday imkoniyat 6 yanvar shanba kunidagi dam olish kunini 3 yanvar chorshanba kuniga koʻchirish hamda 2 yanvar seshanba kunini qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilish natijasida vujudga keldi.

 

Haftasiga 5 kun ishlovchi хodimlar uchun dam olish davri 5 kunni tashkil etadi, haftasiga 6 kun ishlovchilarga esa dam olish kunini shanbadan chorshanbaga koʻchirish daхl qilmaydi.

 

Batafsil: 2017 yilning 30 va 31 dekabr kunlari   – kalendar boʻyicha dam olish kunlari, 2018 yilning 1 yanvar kuni   – ishlamaydigan  bayram kuni, 2018 yilning 2 yanvar kuni – qoʻshimcha dam olish kuni, 2018 yilning 3 yanvar kuni  – 6 yanvardan koʻchirilgan dam olish kuni.

 

Navroʻz

 

Ushbu bayramda ham dam olish kunlari uzoqroq choʻziladi. Buning uchun 17 va 24 martdagi shanba dam olish kunlari 19 hamda 22 martga koʻchirildi. 20 mart seshanba esa qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

 

Yangi yildagi singari haftada 5 kun ishlovchi хodimlar uchun dam olish kunlari 5 kunni tashkil etadi, haftada 6 kun ishlovchilar uchun esa shanba kunini koʻchirish daхl qilmaydi.

 

Batafsil:  2018 yil 18 martkalendar boʻyicha dam olish kuni, 2018 yil 19 mart – 2018 yil 17 mart kunidan koʻchirilgan dam olish kuni, 2018 yil 20 martqoʻshimcha dam olish kuni, 2018 yil 21 martbayram kuni, 2018 yil 22 mart – 24 mart kunidan koʻchirilgan dam olish kuni.

 

Mustaqillik kuni

 

Eng asosiy davlat bayrami ham keng nishonlanadi. 8 va 15 sentyabrdagi shanbalar tegishincha 3 va 4 sentyabr kunlariga koʻchirildi. Bayram arafasidagi 31 avgust juma kuni qoʻshimcha dam olish kuniga aylandi.

 

Yangi yil va Navroʻzdagi singari haftada 5 kun ishlovchi хodimlar uchun dam olish kunlari 5 kunni tashkil etadi, haftada 6 kun ishlovchilar uchun esa shanba kunini koʻchirish daхl qilmaydi.

 

Batafsil: 2018 yil 31 avgustqoʻshimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 1 sentyabrbayram kuni, 2018 yil 2 sentyabrkalendar boʻyicha dam olish kuni, 2018 yil 3 sentyabr2018 yil 15 sentyabr shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni, 2018 yil 4 sentyabr8 sentyabrdan koʻchirilgan dam olish kuni. 

 

Bu muhim! Byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini 3 ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan oʻrtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi. 

 

Byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda qoʻshimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda tashkilotning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, mehnat shartnomalari yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa ichki hujjatlarda belgilanadi.

 

Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirishni hisobga olgan holda 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.

 

Qurbon hayiti va Ramazon hayiti

 

Hujjatga sharhda qayd qilinganidek, 2018 yildan boshlab ushbu bayramlarga har yili 3 dam olish kuni toʻgʻri keladi. Buning uchun ayrim dam olish kunlari bayram arafasidagi ish kunlariga koʻchiriladi. Aniq koʻchiriladigan kunlarni Farmonda koʻrsatishning imkoni boʻlmagan. Qurbon hayiti va Ramazon hayitini nishonlash sanalari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi murojaatiga asosan belgilanadi (sanalarni hisoblash oy kalendariga asosan amalga oshiriladi).