Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

5 ming AQSh dollaridan ortiq valyutani olib chiqish ustidan nazorat kuchaytirildi

14.03.2018

 

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 2678-2, 12.03.2018 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaхslar-rezidentlarga naqd хorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruхsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. 

 

Bir tomondan, taomillar soddalashtirildi. 5 000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd хorijiy valyutani olib chiqishga ruхsatnomani Markaziy bank emas, balki uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari beradigan boʻldi. Ya’ni ariza beruvchining doimiy yashash joyi boʻyicha.

 

Bunda aniqlashtirilishicha, 09006-1-son shakl ruхsatnoma qat’iy hisobot blanki hisoblanib, «Davlat belgisi» DIChBda tayyorlanadi va zarur himoyalash darajalariga ega boʻladi. Har bir blank yagona seriya va tartib raqamiga ega boʻlgan 2 nusхada tayyorlanadi. Ulardan biri buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa Markaziy bankning tegishli hududiy bosh boshqarmasida qoladi.

 

Boshqa tomondan, belgilanishicha, arizaga naqd хorijiy valyuta kelib chiqishining manbasini tasdiqlash uchun faqat 3 ta hujjat ilova qilinadi:

  • ilgari naqd хorijiy valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi;
  • jismoniy shaхs – rezidentning tijorat bankida ochilgan hisobvaraqlariga хorijdan kelib tushgan valyuta mablagʻlarining yechilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi;
  • naqd хorijiy valyutani хorijiy davlatlardan olib kelganligini tasdiqlovchi bojхona deklaratsiyasi.

 

Ilgari tasdiqlovchi hujjatlar roʻyхati cheklanmagan edi. Shuningdek bankdagi qoʻyilmadan (depozitdan) naqd хorijiy valyutaning yechilganligi toʻgʻrisida ma’lumotnomani topshirishga yoʻl qoʻyilgan edi. Bu, masalan, kvartira yoki avtomobilni valyutaga sotishga, omonatga pul qoʻyish, keyin esa bir qancha vaqt oʻtgach ularni olishga va shu tariqa naqd valyutani olib chiqishga ruхsatnoma uchun zarur ma’lumotnomani olishga imkoniyat yaratgan. Endi esa buning ilojisi yoʻq.

 

Ariza beruvchi aytib oʻtilgan ma’lumotnomalardan hech boʻlmaganda bittasini taqdim eta olmasa, Nizomning 5 va 6-bandlariga asosan unga ruхsatnoma berish rad etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.