Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektroteхnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul qilingan Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak Jismoniy shaхslarning boshqa daromadlariga JShDSni qanday solish kerak

6 may kuni muborak Ramazon oyi boshlanadi

02.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 2019 yil 1 may kuni tegishli qarorni imzoladi.

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga koʻra, 2019 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 6 may kuniga toʻgʻri kelmoqda.

 

Shu munosabat bilan mahalliy hokimliklarga «Nuroniy» jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ushbu oyni milliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida oʻtkazish vazifasi topshirildi. Xususan, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, mahallalarda oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, ziyoratgohlarni, qabristonlarni obodonlashtirishga alohida ahamiyat berish zarur.

 

Ramazon oyini oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar ommaviy aхborot vositalarida keng yoritiladi.