Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Abituriyentlarning maktabda olgan baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirishda hisobga olinadi

23.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi 696-son qarori bilan Ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ta’lim tashkilotlari tomonidan majburiy 11 yillik ta’limning soʻnggi 6 yillik baholarini aks ettiruvchi elektron platformalarni yuritish va baholarni mazkur platformalarga davriy ravishda kiritib borish;
  • bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichlarini hisoblash, ularni elektron platformalarda aks ettirish tartibi hamda ma’lumotlarni "Elektron hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Davlat test markazining "ABITUR" maхsus elektron dasturiga uzatish;
  • ta’lim muassasalarining oʻrtacha ballarini oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari natijasini hisoblashda inobatga olish.

 

Belgilanishicha, maktab bitiruvchisining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning soʻnggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish ballariga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalari orqali hisoblanadi va DTMning «Abitur» dasturiga yuboriladi.

 

Oʻrtacha koʻrsatkichni hisoblashda 6-11 yoki 6-9-sinflardagi hamda 1-2-bosqichlardagi umumta’lim fanlari boʻyicha yillik baholarning umumiy yigʻindisi har bir sinf va bosqichdagi oʻqitilgan umumta’lim fanlari sonining umumiy yigʻindisiga nisbati olinadi.

 

Maksimal ball 100 foiz sifatida qabul qilinadi va ballar baholash tizimiga quyidagi tarzda oʻtkaziladi:

  • 86-100% uchun – 5 ball;
  • 71-85% uchun – 4 ball;
  • 56-70% uchun – 3 ball;
  • 56%gacha - 2 ball.

 

Mazkur tartib 2022/2023 oʻquv yilidan e’tiboran kuchga kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.