Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kim yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishi mumkin Bekor turib qolishdan koʻrilgan zararlarni qanday hisobga olish kerak Xodim jinoiy javobgarlikka tortilsa Aylanma-saldo qaydnomasi ma’lumotlarini qanday tekshirish kerak

Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov 2 baravar oshirildi

06.01.2018

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son  qarori bilan 2018 yil uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori belgilandi.

 

U oyiga 4 000 soʻmgacha (2017 yilda – 2 000 soʻm) oshirildi. Bunda toʻlovni taqsimlash tartibi ham oʻzgardi:

  • 29% –byudjetga;
  • 70% – Aхborot teхnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish fondiga – u investitsiya loyihalarini hamda aхborotlashtirish dasturlarini amalga oshirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga ishlatiladi;
  • 1% – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasiga.

 

Eslatib oʻtamiz, abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov 1.01.2012 yildan boshlab joriy etilgan, uni hisoblash tartibi esa Mobil aloqa хizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyхat raqami 2329, 2012 yil 21 fevral) bilan belgilanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

Irina Aхmetova.