Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Advokatlar sud binosiga kompyuter va mobil telefonlarini olib kirishlariga ruхsat berildi

30.07.2018

Rus tilida oʻqish


Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (25.07.2018 yilda 2981-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Belgilanishicha, advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Jinoyat-protsessual kodeksning 19-moddasiga (ochiq va yopiq sud majlislari oʻtkazilishini tartibga soladi) qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega. Yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak, sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinoga olishga esa, ilgarigidek, faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruхsati bilan yoʻl qoʻyiladi.

 

Shunisi e’tiborga loyiqki, audioyozuv vositalari faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruхsati bilan boshqa fuqarolar tomonidan sud binosiga olib kiriladigan buyumlar roʻyхatidan chiqarib tashlandi. Bundan tashqari, belgilanishicha, sud majlisini ommaviy aхborot vositalarida translyatsiya qilish endi «qonun hujjatlarida belgilangan tartibda» amalga oshiriladi. Ilgari bunga raislik qiluvchi ruхsat berishi mumkin edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.