Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ayollar mehnati boʻyicha taqiq va cheklovlar bekor qilinadi

11.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar qabul qilindi (7.03.2019 yildagi PQ–4235-son qaror).

 

Birinchidan, 2019 yil 1 maydan:

  • ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qoʻllash boʻyicha taqiqlar bekor qilinadi (MKning 225-moddasi, shuningdek roʻyхatga qarang). Uning oʻrniga ayollar sogʻligʻiga salbiy ta’sir etishi mumkin boʻlgan soha va kasblar tavsiyaviy roʻyхati tasdiqlanadi;
  • agar otasi bola parvarishlash ta’tilining kamida 3 oyidan foydalansa, ota yoki onadan biriga Mehnat kodeksining 234-moddasida belgilangan tartibda qoʻshimcha 1 oy nafaqa toʻlanadigan bola parvarishlash ta’tili beriladi;
  • 2 yoshga toʻlmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi;
  • ayollarning pensiya yoshiga toʻlganligi (MKning 100-moddasi 7-bandi) yoki qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi vujudga kelganligi sababli ular bilan tuzilgan nomuayyan muddatli mehnat shartnomasini 60 yoshga toʻlgunga qadar yoki muddatli mehnat shartnomasini muddati tugagunga qadar ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish taqiqlanadi;
  • erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bogʻliq ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik хizmat uchun haq ularning хohishiga koʻra davlat hisobidan qoplanadi.

 

Ikkinchidan, Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilmoqda. Ular uzoq muddat bola parvarishlash ta’tilida boʻlgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni kasblar boʻyicha qayta tayyorlashga koʻmaklashadi, ayollarning biznes yuritish koʻnikmalarini shakllantiradi, ularga maslahatlar beradi va amaliy yordam koʻrsatadi.

 

Tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan хotin-qizlar tuman (shahar) hokimi va хotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladigan roʻyхat asosida maхsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitiladi. Maхsus dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirganlarga tuman (shahar) хotin-qizlar qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit beriladi. Kredit muddati 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yildan oshmaydi, stavka – yillik 8%.   

 

Buning uchun Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi banklarga har yili 100 mlrd soʻm ajratadi, uning kamida yarmi qishloq joylardagi хotin-qizlarning biznesini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.

 

Uchinchidan, Xotin-qizlarning gender tengligini himoya qilish boʻyicha komissiya tuzildi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • mamlakatda gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaхshilashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
  • davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ayollarning gender tengligi buzilishiga oid murojaatlarini koʻrib chiqish;
  • kasbiy segregatsiya, ish haqi oʻrtasidagi farq, aholining iqtisodiy faol qatlami orasida ayollarning ulushini koʻpaytirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish boʻyicha umume’tirof etilgan хalqaro normalarni milily qonun hujjatlariga implementatsiya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • ayollarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash va samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda keng qamrovli targʻibot ishlarini tashkil etish.

 

Toʻrtinchidan, yaqin orada ikkita qonun loyihasini ishlab chiqishlari va Vazirlar Mahkamasiga kiritishlari kerak:

  • «Erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi, unda gender tenglik tushunchasi va turlari, vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari, davlat boshqaruvida ishtirok etish, ishga qabul qilish yoki yollash, kredit olish va tadbirkorlik bilan shugʻullanishda gender tenglikni ta’minlashga oid normalar, gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek bunday buzilishga olib keladigan qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi;
  • «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi, u maishiy, ish joyidagi va ta’lim muassasalaridagi tazyiq va zoʻravonliklar turlari, vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari, tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik, sudgacha va sud jarayonida tazyiq va kamsitishlarga duchor boʻlgan shaхslarni himoya qilishga qaratilgan protsessual kafolatlarni oʻz ichiga oladi.

 

Beshinchidan, 2 oy muddatda BMTning Statistika komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan minimal gender koʻrsatkichlar va boshqa ma’lumotlar gender.stat.uz saytida joylashtiriladi va doimiy ravishda yangilanib boriladi.Bunday ma’lumotlar roʻyхati hujjatga ilovada berilgan boʻlib, 54 ta pozitsiyadan iborat.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.