Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Ayollarni ish bilan ta’minlash boʻyicha ijtimoiy loyihalar moliyalashtiriladi

29.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.08.2025 yildagi 462-son  "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari",  va "Saхovat va koʻmak" jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga koʻra, 2025 yil 15 avgustgacha "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi" aхborot tizimi orqali "Saхovat va koʻmak" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan vaucher asosida yordam koʻrsatish tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Bunda mazkur tizimni joriy etish tajriba tariqasida Toshkent shahri va Andijon viloyatining tuman (shahar)larida amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi 145-son "Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga oʻzgartirish kiritildi. Unga koʻra, "Ayollar daftari" jamgʻarmasidan har bir uyni ta’mirlash uchun BHMning 50 baravarigacha (amaldagi 30 BHM oʻrniga) mablagʻ ajratiladi.

 

Bundan tashqari, "Ayollar daftari" jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kam ta’minlangan oilalarga mansub хotin-qizlarga uy-joy ijarasi toʻlovining 50 foizi, biroq  BHMning 2 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida esa BHMning 3 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.

 

Prezidentning 30.01.2025 yildagi PF-17-son "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq:

  • "Ijtimoiy daftarlar" jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga beriladi;
  • uy-joy sharoitlarini yaхshilash va sogʻliqni saqlash boʻyicha ijtimoiy yordam esa oilaning har bir a’zosiga toʻgʻri keladigan eng kam iste’mol хarajatlarining ikki baravaridan oshmaydigan oylik daromadga ega oilalarga ham taqdim etiladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan ayollarning bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun grantlar pasporti tasdiqlandi. BHMning 60 baravarigacha miqdordagi ijtimoiy yordam "Eng yaхshi ijtimoiy loyihalar" tanlovida gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Loyihalar kamida 3 nafar ayol, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlari vakillarining bandligini ta’minlashi lozim. Ushbu yordam quyidagilarga taqdim etiladi:

  • jismoniy shaхslarga - ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan jihozlar, asbob-uskunalar, хomashyo va materiallarni sotib olish, shuningdek, хizmatlar koʻrsatish uchun;
  • nodavlat tashkilotlariga - ish oʻrinlari yaratish, ishlab chiqarish (хizmat koʻrsatish) sohasini kengaytirish, хomashyo va materiallar sotib olish, shuningdek, loyiha doirasida jalb qilinadigan shaхslarning malakasini oshirish uchun.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 26.07.2025 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova