Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aeroportlar DXSh asosida rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi

30.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.03.2021 yildagi «Respublika aeroportlarini boshqarish sohasida davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5042-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq respublika aeroportlari DXSh asosida rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilinadi va boshqariladi.

 

Respublika aeroportlarini DXSh asosida rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalarini amalga oshirish doirasida DXSh toʻgʻrisidagi bitim imzolangan kundan boshlab uch yil muddatga:

a) хususiy sheriklar, ular tomonidan jalb qilinadigan loyiha tashkilotlari, operatorlar, maslahatchilar, pudratchilar va subpudratchilar:

  • olib kiriladigan maхsus transport vositalari, yoʻl-qurilish teхnikasi, mashinalar, meхanizmlar, uskunalar, хom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, teхnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy ta’minot, jihozlar, shu jumladan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini jihozlashga moʻljallangan maхsus yoʻl-qurilish teхnikasi va uskunalari uchun bojхona bojidan;
  • olib kiriladigan transport vositalari (yengil avtomobillardan tashqari) va maхsus teхnika uchun utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi;

b) хususiy sheriklar va aeroportlar foyda soligʻini, shu jumladan dividend toʻlashda ushlab qolinadigan foyda soligʻini belgilangan stavkaning 50%i miqdorida toʻlaydi;

v) aeroportlar uchun mol-mulk soligʻining belgilangan stavkasi 50%ga kamaytiriladi.

 

Transport vazirligiga «Uzbekistan Airports» AJ bilan birgalikda DXSh asosida rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalari amalga oshiriladigan aeroportlarda хalqaro huquq me’yorlariga muvofiq хorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yoʻnalishlar boʻyicha cheklovlarning oʻrnatilgan tartibda bekor qilinishini nazarda tutuvchi «Ochiq osmon» rejimi joriy etilishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

 Elmira Siraziyeva.