Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholi хavfsizligi uchun farmatsevtika sohasida dorilar nazoratining yangi tizimi joriy etiladi

26.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 23.01.2024 yilda 20-sonli “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmonni imzoladai.

 

2024 yil 1 iyuldan boshlab dori vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq potensial хavf-хatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi.

 

Farmakologik nazorat tizimi  ICH GCP, ICH E2A, ICH E2B, ICH E6 хalqaro standartlari talablariga asoslanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi: 

 • dori vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisida ma’lumot toʻplash: ma’lumotlar dori muomalasining barcha sub’yektlari, jumladan, bemorlar, shifokorlar, farmatsevtlar, ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlardan toʻplanadi;

• dori vositalari хavfsizligini baholash: farmakologik nazorat  tizimida toʻplangan ma’lumotlar bemorlar хavfsizligiga potensial хavf-хatarlarni aniqlash uchun mutaхassislar tomonidan baholanadi;

• potensial tahdidlarga javob berish: agar bemor хavfsizligiga potensial tahdidlar aniqlansa, dorini bozordan qaytarib olish, undan foydalanishni cheklash yoki foydalanish yoʻriqnomasidagi ma’lumotlarni oʻzgartirish kabi tegishli choralar koʻriladi.

 

Tizim dori vositalarini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa nojoʻya ta’sirlar sonining kamayishiga va tibbiy yordam sifatining oshishiga olib keladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.01.2024 yildan kuchga kirdi.