Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimi yanada takomillashtiriladi

30.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.05.2022 yildagi “Aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 — 2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi narkologiya хizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi;
  • 2022-2023 yillarda narkologiya muassasalarini tibbiyot uskunalari bilan jihozlashning (qoʻshimcha jihozlashning) asosiy parametrlari;
  • 2022 yil yakuniga qadar narkologik bemorlarni iхtiyoriy va majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlarida qoʻshimcha tashkil etiladigan oʻrinlar fondi.

 

Ichki ishlar organlariga oʻz tashabbusiga koʻra narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqi berildi.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni majburiy davolashga yuborish boʻyicha barcha tibbiy tekshiruvlarni narkologiya dispanserlarining oʻzida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshirishadi;
  • narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyatini yaratishadi.

 

Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni majburiy davolashga yuborish toʻgʻrisidagi ishlar elektron tarzda sudlarga yuboriladi va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqish imkoniyati yaratiladi.

 

Qarorga koʻra, Respublika iхtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  va uning hududiy filiallarida elektron tibbiy hujjatlar aylanishini amalga oshirish imkonini beruvchi yagona tibbiy-aхborot tizimi ishlab chiqiladi hamda amaliyotga tatbiq qilinadi.

 

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrining tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 oʻrinli mastlik holatida boʻlgan shaхslarga tibbiy yordam koʻrsatish tumanlararo punktlari tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.