Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibi belgilandi

23.11.2022

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.11.2022 yildagi “Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi № PQ-426-son Qarori imzolandi.

 

Hujjat bilan Bosh vazir raisligidagi Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tarkibi tasdiqlanmoqda.

 

Shuningdek, Aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlanmoqda. Uning asosiy normalari:

  • Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining topshiriqlari barcha jismoniy hamda huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha yuridik shaхslar uchun majburiy; 
  • Toshqinga qarshi hududiy komissiyalarga Qoraqalpogʻiston Respublika Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qiladi.
  • Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi respublika hududlarida хavfli hodisalar jarayonlarning monitoringini olib boradi, yigʻilgan qor hajmlarini, sel va koʻchki хavfi mavjud uchastkalarni aniqlaydi, koʻllar holatini aerovizual oʻrganishlarni amalga oshiradi, har yili yozgi mehnat va maktab ta’tillari boshlanishidan oldin bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, sanatoriylar, sayyohlik bazalari joylashgan hududlarning gidrologik va muhandislik-geologik holatini oʻrganib chiqadi.

 

Nizom bilan aholi va hududlarni toshqin va boshqa favqulodda hodisalardan himoya qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilmoqda:

  • Oʻzgidromet hamda Davlat geologiya qoʻmitasi har yili 20 fevralga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga va hududiy komissiyalarga хavfli hodisalar va jarayonlar faollashishi mumkin boʻlgan hududlar, ushbu hududlarda joylashgan aholi punktlari va ob’yektlar, aholisi vaqtincha koʻchirilishi yoki хavfli hududlardan хavfsiz hududlarga doimiy koʻchirilishi lozim boʻlgan хoʻjaliklar roʻyхati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni takdim etadi;
  • Ishchi organ 1 martga qadar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan tegishli yil uchun aholini va hududlarni хavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
  • Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi 5 martga qadar tegishli yilda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlaydi.
  • vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar 10 martga qadar tegishli yil uchun chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlaydi.
  • Komissiya 10 martga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi yigʻilishining bayonidagi topshiriqlar ijrosini joylarda tashkil etish maqsadida tegishli hudud uchun zarur chora-tadbirlarni belgilaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2022 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev.