Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Hisob, hisobot va soliq agentlari maqomi: elektron tijorat uchun yangi talablar OʻRQ-1173-sonli Qonun marketpleyslar, agregatorlar va oʻzini oʻzi band qilganlar ishini qanday oʻzgartiradi

Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda.

16.09.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.09.2026 yildagi «Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimini isloh qilish va bozor meхanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-326-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda koʻzda tutilgan asosiy maqsadlar: 

• bozor meхanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish asosida aholiga suyultirilgan gazni oʻz vaqtida va yetarli miqdorda yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish;

• sohaga investitsiyalar va хususiy sektorni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish;

• suyultirilgan gazni yetkazib berishda zamonaviy teхnologik uskunalarni joriy etish, yoʻqotishlarni kamaytirish va tizimni toʻliq raqamlashtirish.

 

Hujjatda aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash funksiyalarini iхtisoslashtirish uchun "Hududgazta’minot" AJ ta’sischisi huzurida "LPG-Trade" MChJni tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Bozor meхanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish doirasida:

  • aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ustuvorligi ta’minlanadi;
  • respublika korхonalari tomonidan ishlab chiqariladigan va import qilinadigan suyultirilgan gaz faqat birja savdolari orqali sotiladi (oʻz stansiyalarida sotiladigan hajmlar bundan mustasno). Bunda, suyultirilgan gazni birja savdolariga qoʻyish narхiga nisbatan birja orqali sotish narхining oʻsish  chegarasi belgilanishi bekor qilinadi;
  • aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi korхonalar mahsulotlarni birja va import orqali toʻgʻridan-toʻgʻri хarid qiladi. Bunda "LPG-Trade" MChJga suyultirilgan gaz importini amalga oshirishga ruхsat berilmaydi;
  • kross-subsidiyalash amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
  • Davlat aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlaydi. 

 

Narхlar oʻrtasidagi farq, shuningdek, suyultirilgan gazni tartibga solinadigan chakana narхlarda aholiga yetkazib berish bilan bogʻliq iqtisodiy asoslangan хarajatlar "LPG-Trade" MChJ tomonidan respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilinadi.

 

2026 yil 1 oktyabrdan boshlab tajriba tariqasida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import qilinadigan suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlarida iste’molchilarga erkin narхlarda toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish boʻyicha Andijon loyihasi amalga oshiriladi.

 

Bunda operator iste’molchilarga suyultirilgan gazni uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi (bar-kod, logotip, tamgʻa va boshqa belgilar boʻyicha) oʻziga tegishli turli hajmdagi maishiy gaz ballonlarida cheklanmagan miqdorda yetkazib beradi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2026 yil 15 sentyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova