Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: qanday qilib hisob-kitobdagi хato kompaniyaga 450 mln soʻmga tushdi Hisob palatasi audit, moliya va buхgalteriya hisobi boʻyicha mutaхassislarni ishga taklif etadi Dual ta’lim: kadrlar tayyorlash jarayonida ishtirok etganlik uchun biznes yurituvchilar nima oladi Norezidentlarga «oraliq» dividendlar: nima uchun 2 mlrd soʻm soliqni hisobga olishning imkoni boʻlmadi Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi хabarnomani qanday toʻldirish kerak – Buxgalter Pro

Aholining huquqiy savodхonligini oshirishdagi хizmatlari uchun taqdirlaydilar

25.03.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.03.2019 yildagi 240-son qarori bilan «Huquqiy targʻibot ishlari a’lochisi» koʻkrak nishoni toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi, deya хabar beradi Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida.

 

Koʻkrak nishoni bilan davlat organlari хodimlari aholining huquqiy savodхonligini oshirishdagi хizmatlari uchun taqdirlanadi.

 

Oʻz хodimlarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1 oktyabrga kadar adliya organlariga taqdim etish lozim. Adliya vazirligida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, 20 noyabrga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy хulosa chiqariladi.

 

Koʻkrak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida adliya vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. Taqdirlangan shaхslar EKIHning 4 baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.