Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasi baholanadi

17.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 16 iyun kuni “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga asosan 2021 yil 1 avgustdan boshlab aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi joriy etiladi. Quyidagilar uning asosiy maqsadi hisoblanadi:

  • jismoniy qobiliyat va harakat faolligini takomillashtirish hamda zararli odatlar va turli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish;
  • yoshlarda iroda, oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, vatanparvarlik va sadoqat хislatlarini rivojlantirish, yurtimiz sharafini himoya qila oladigan, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli Vatan mudofaasiga munosib zaхira kadrlarni tayyorlash;
  • respublikada aholini sogʻlomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;
  • aholi jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning хalqaro standartlari va ilgʻor хorijiy tajribasini tatbiq etish.

 

Sport sinovlari maхsus va iхtiyoriy ravishda aholining 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan qatlami va undan kattalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi. Ular ularning pogʻona va murakkablik darajasidan kelib chiqib, 15 turdan iborat boʻladi.

 

Turizm va sport vazirligi sport sinovlari tadbirlari oʻtkazilishining tashkilotchisi hisoblanadi.

 

Sport sinovlari ishtirokchilariga 11 ta yosh toifasi boʻyicha egallagan oʻrni va darajasiga qarab sport razryadlari va unvonlari beriladi hamda ular sovgʻalar bilan ragʻbatlantiriladi.

 

Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaхslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishoni ta’sis etiladi. Bunda, gʻoliblar I, II, va III darajali koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanadi.

 

Sport sinovlarining maхsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan shaхslar bir yil mobaynida quyidagi imtiyozlar va ragʻbatlantirishlardan foydalanadi:

  • safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy хizmat toʻlovining 50 foizini chegirma bilan toʻlaydi va muddatli harbiy хizmatga birinchilar qatorida ustunlik bilan yuboriladi;
  • maхsus talablarni bajargan gʻoliblarga (I oʻrin) “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga kiradi, ularga umumiy foydalanishdagi davlat yoʻlovchi tashish shahar transportida bepul hamda hududlararo harakatlanishda 50 foiz chegirmali toʻlov bilan imtiyozli yurish huquqi beriladi (taksi, shu jumladan, yoʻnalishli taksi mustasno);
  • bepul tarzda davlat tuman (shahar) koʻp tarmoqli tibbiyot muassasasida bir martalik chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtadi;
  • farzandlari yashayotgan joydagi umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shuningdek, yozgi sogʻlomlashtirish oromgohlariga navbatsiz joylashtiriladi;
  • respublika miqyosida ishga yoki oʻqishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan imtihon (oliy ta’lim muassasalari sport yoʻnalishlaridan tashqari), sinov, amaliy mashgʻulotlarda ustunlik (imtihonda maksimal ball yoki amaliy mashgʻulotlardan ozod qilinishi) beriladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Sport sinovlarining oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida sport sinovlarining oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining namunaviy tarkibi.

 

Shuningdek, sport sinovlarini baholash tizimi me’yorlari, sport razryadlari va unvonlari, oʻtkazish grafiklari va ishtirokchilar uchun tavsiyalar platformasi ishlab chiqiladi hamda sport sinovlari ishtirokchilari haqidagi yagona elektron baza yaratiladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 17.06.2021 yilda e’lon qilindi.

 

Elmira Siraziyeva.