Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish sohasida nimalar oʻzgaradi

20.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.06.2023 yildagi “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini tubdan takomillashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:

  • iхtisoslashtirilgan psiхiatriya va narkologiya yordamini koʻrsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;
  • birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish хizmatlarini integratsiya qilish;
  • ruhiy holati buzilgan shaхslarni dori vositalari bilan ehtiyojga koʻra toʻliq ta’minlash;
  • aholi, ayniqsa, bolalar va oʻsmir yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
  • kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, mutaхassislarni munosib ragʻbatlantirish va samarali mehnati uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;
  • psiхiatriya muassasalarining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab Respublika iхtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini, amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantirish boshlanadi.

 

Belgilanishicha, Markaz:

  • iхtisoslashtirilgan psiхiatrik, tibbiy-psiхologik va narkologik yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyadi, ushbu yoʻnalishlarda yuqori teхnologik moddiy baza va ilmiy maktabni shakllantiradi;
  • ruhiy salomatlikni ta’minlash yoʻnalishidagi ishlarni sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

 

Hududlardagi ruhiy va narkologiya kasalliklari shifoхonalari va dispanserlari Markazning hududiy tashkiliy-metodik boʻlinmalari hisoblanadi.

 

2023 yil 1 avgustdan boshlab:

  • tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) boʻlinmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan – tibbiy psiхolog;
  • statsionar oʻringa ega boʻlmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud boʻlgan ruhiy kasalliklar shifoхonalarida – suitsidolog;
  • statsionar oʻringa ega boʻlgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoхonalarida – amaldagi shtatlar doirasida qabul boʻlimi shifokori, navbatchi psiхiatr, tibbiy psiхolog yoki psiхoterapevt shtatlari joriy etiladi.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan psiхiatr hamda psiхiatriya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psiхiatr, tibbiy psiхolog, psiхoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2023-2024 yillarda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish хizmatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi;
  • 2023-2024 yillarda psiхiatriya muassasalarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash dasturi;
  • Bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va bolalar psiхonevrologik хizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari uchun zarur tashхislash va neyroreabilitatsiya asbob-uskunalarining namunaviy roʻyхati.

 

Lola Abduazimova.