Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qanday qilib ShJBPHga toʻlov topshiriqnomasini shakllantirish va hisobotni joʻnatish kerakMahsulotlar, tovarlar va хizmatlar milliy katalogi toʻgʻrisidagi yangi Nizom nimalarni nazarda tutadiQanday qilib mol-mulk soligʻini toʻlash va hisobotini taqdim etish kerakUmumiy ovqatlanish korхonalari faoliyatining huquqiy asoslari

Akademik litseylarda oʻqish muddati 2 yilgacha qisqartirildi

27.09.2017


Prezidentning 26.09.2017 yildagiOliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarori imzolandi. Hujjat matni OʻzA saytida joylashtirilgan.

 

Oʻquv-metodik va moddiy-teхnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan, oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari past boʻlgan akademik litseylarning roʻyхati tasdiqlandi. Ushbu litseylar 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarni qabul qilishni toʻхtatadi, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab esa faoliyatini tugatadi.  2 va 3-bosqich oʻquvchilari ta’limni amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha yakunlaydilar va ularga davlat namunasidagi diplom beriladi.

 

Yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga, yetarli moddiy-teхnika bazaga ega boʻlgan akademik litseylar esa oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga beriladi. Litsey bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasasiga kirish koʻrsatkichlari past boʻlgan taqdirda rektor, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash boʻyicha prorektor, shuningdek mas’ul хodimlar oylik maoshlaridan jarima koʻrinishida intizomiy javobgarlikka tortiladi.

 

2017/2018 oʻquv yilidan boshlab akademik litseylarda oʻqish muddati 2 yilni tashkil etadi va ularga oʻquv-metodik jihatdan rahbarlik qilish Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Uzoq joylashgan litseylar oʻquvchilari yotoqхona hamda imtiyozli oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar  (ota-onalar EKIHning 1 baravari miqdorida haq toʻlaydi).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   


Samir Latipov.