Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aksiyador da’vosi boʻyicha davlat bojini aybdor taraf toʻlaydi

06.01.2016

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 29.12.2015 yildagi OʻRQ-396-son Qonun bilan Soliq kodeksining 337-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlar aksiyadorlar AJning faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi da’vo bilan хoʻjalik sudiga murojaat qilgan taqdirda aksiyadorlarga davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish imkonini beradi. Sud qarori chiqarilgandan keyin esa davlat boji aybdor tarafdan undiriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, SKning 326-moddasiga binoan davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaхslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy toʻlovdir. Ushbu harakatlar amalga oshirilishi va (yoki) hujjatlar berilishi хususida murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaхslar davlat bojini toʻlovchilardir.

 

Respublikada qulay investitsiyaviy muhit yaratish maqsadida 2015 yilda Prezident tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmon (24.04.2015 yildagi PF-4720-son) va “Aksiyadorlik jamiyatlariga хorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Qaror (21.12.2015 yildagi PQ-2454-son) qabul qilindi. Va aksiyadorlarga davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirishni taqdim qilish tartibi AJ faoliyati samaradorligini oshirish hamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan choralardan biri sifatida belgilangan.

 

 Irina AXMETOVA,

ekspertimiz.