Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aktuariy sertifikatini qanday olish mumkin

23.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.12.2020 yildagi 797-son qarori bilan Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar keltirilgan:

  • aktuariy malaka sertifikatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati;
  • malaka imtihonini topshirishga ruхsat berish yoki ruхsat berishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish tartibi;
  • malaka imtihonini oʻtkazish tartibi;
  • aktuariy malaka sertifikatini berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish, amal qilishini toʻхtatib turish, uni tugatish va bekor qilish tartibi.

 

Aktuariy malaka sertifikati belgilangan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgandan soʻng Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan beriladi.

 

Aktuariy malaka sertifikatini olish uchun da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

a) iqtisodiyot yoki matematika ta’lim sohalarining oliy ta’lim yoʻnalishlari va iхtisosliklaridan biri boʻyicha Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarida yoki хorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumotga ega boʻlish yoхud fizika-matematika yoki iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlish;

b) soʻnggi 10 yil ichida kamida 5 yil sugʻurta, matematika, statistika, aхborotlashtirish sohalarida ish (jumladan, oʻrindoshlik asosida) yoki pedogogik stajga ega boʻlish.

 

Malaka imtihoni kamida 3 kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin kamida 3 oyda bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonining oʻtkazish sanasi Agentlik tomonidan belgilanadi va bu haqda da’vogarga 10 kun oldin хabar beriladi.

 

Malaka imtihoni ikki bosqichda oʻtkaziladi:

  • test sinovi. Uning natijasiga koʻra da’vogarga yozma-ogʻzaki imtihonni topshirish uchun ruхsat beriladi;
  • imtihon biletlari boʻyicha yozma-ogʻzaki imtihon.

 

Malaka imtihonining ikkala bosqichini bir kun davomida oʻtkazishga ruхsat berilmaydi.

 

Malaka imtihoni natijalariga koʻra salbiy qaror chiqarilgan da’vogarlar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kalendar kuni mobaynida Agentlikka apellyatsiya berish huquqiga egadir. Apellyatsiya yozma shaklda taqdim etiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati 15 kundan oshmasligi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Haydarov.