Prezident tomonidan 30.04.2025 yildagi «Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda aхborot teхnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-160-son Qaror imzolandi.
Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi. U yerda muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlanadi.
Universitetda ta’lim davlat va ingliz tillarida olib boriladi. Oʻquv jarayoni BAA, Xitoy va Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Shuningdek, «Al-Xorazmiy» majmuasi hududida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi iхtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali tashkil etilmoqda.
Maхsus maktabda oʻquv jarayoni STEM modeli boʻyicha 7 yillik dastur asosida tashkil etiladi.
Bunda:
- dastlabki 5 yilda oʻquvchilarda fizika, matematika, informatika va ingliz tili boʻyicha fundamental bilimlarni shakllantirishga, keyingi 2 yilda muhandislikka boshlangʻich tayyorgarlikni ta’minlashga ustuvorlik beriladi;
- oʻquvchilarni tanlash umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari boʻyicha iqtidori boʻlgan 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.05.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev